Mamlakat sobiq prezidenti daxlsizligi böyiça «Prezident faoliyatining kafolatlari töğrisida»gi qonunning qismi Qirğiziston Respublikasi Oliy sudi Konstitutsiyaviy palatasi tomonidan konstitutsiyaga zid deya e'tirof etildi.
Palata «Qirğiziston Respublikasi Prezidentining faoliyati kafolatlari töğrisida»gi Qonunning 12-moddasi konstitutsiyaviyligini tekşiriş böyiça işni körib çiqdi va bu e'tirozli norma Qirğiziston Konstitutsiyasining 16-moddasi 3-qismiga zid ekani haqida qaror çiqardi. Qayd etilişiça, uşbu normada sobiq prezidentni Qirğiziston Respublikasi prezidentining vakolatlarini bajariş çoğida sodir etilgan harakatlar uçun javobgarlikka tortiş tartibini nazarda tutilmaydi.
«Konstitutsiyaviy palata e'tirozli norma Qirğiziston Konstitutsiyasining 16-moddasi uçinçi qismiga zid ekani haqida qaror çiqardi, unda bu norma sobiq prezidentni prezidentlik vakolatlarini bajariş davrida sodir etgan xatti-harakatlari uçun javobgarlikka tortiş tartibini nazarda tutmaydi», - deyila palata qarorida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğizistonda sobiq prezident Atamboyevni daxlsizlikdan mahrum etiş taklif qilinayotgani xabar berilgandi.
Qirğizistonlik parlamentariylarning sözlariga köra, sobiq davlat rahbari mamlakat uçun köp zararga sabab bölgan bitimni tuzişda aybdordir.












