Qirg‘izistonda sobiq prezident Atamboyevni daxlsizlikdan mahrum etish taklif qilinmoqda

Foto: Reuters
Qirg‘izistonlik parlamentariylarning so‘zlariga ko‘ra, sobiq davlat rahbari mamlakat uchun ko‘p zararga sabab bo‘lgan bitimni tuzishda aybdordir, deb xabar qilmoqda «Kursiv».
Xususan, muxolif fraksiya «Onuguu-Progress» deputati Ishoq Masaliyev va «Respublika - Ata-Jurt» hukumatga yaqin fraksiya parlamentariysi Qurmanqul Zulushev «Prezident faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunga tuzatishlarni palatadagi muhokamalarga olib chiqqan.
«Jamoatchilik eshituvlaridan so‘ng qonunga kiritilishi taklif o‘zgarishlar tuzatishlarning dastlabki versiyasi qayta ishlandi va undan 12-moddani chiqarib tashlash taklif etilmoqda. Qonun sobiq davlat rahbarining to‘liq daxlsizligini cheklashni nazarda tutadi, 12-modda esa - sobiq prezidentga to‘liq daxlsizlikni kafolatlaydi», - deya aytib o‘tdi parlament matbuot xizmati vakili.
Qirg‘iziston parlamenti veb-saytida aytilishicha, keyinchalik Qirg‘iziston sobiq prezidenti daxlsizlikdan mahrum etiladi va uni prezidentlik vakolatlarini bajarish chog‘idagi harakatlari yoki harakatsizligi uchun tegishli javobgarlikka tortish mumkin.
Muhokama chog‘ida deputatlar 2017 yilning noyabrida o‘z vakolatlarini topshirgan sobiq prezident Almazbek Atamboyev 2013 yilda Xitoyning TBEA kompaniyasi bilan XXR «Eksimbank»i kredit mablag‘lariga IES modernizatsiyasi uchun Qirg‘izistonga zararli bo‘lgan ko‘p millionli bitim imzolangani uchun mas'ul ekanini ma'lum qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirg‘izistonlik deputat O‘zbekistonga suv sotishni taklif qilgandi.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Ta’limga kirayotganimda jamiyatning bunaqa og‘ir ahvoldaligini bilmagandim” – xususiy ta’lim haqida
Jamiyat | 18:34
-
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qildi
Jahon | 18:19
-
IIO xodimi qonuniy talabini bajarmaganlik uchun jarima miqdori oshiriladi
O‘zbekiston | 18:11
-
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 17:35
Mavzuga oid

07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

20:07 / 20.05.2025