Özbekistonga avtobillarga quyiladigan yoqilğilardan faqat suyultirilgan propan gazining bahosi Respublika tovar-xomaşyo birjasi savdolari yakuniga qarab belgilanadi.
Yoz faslida respbulikamizning ayrim ASGQŞda propan gaz bahosi litriga 3800 sömgaça yetib, AI-80 avtobenzinining bahosiga tenglaşdi. Biroq, yengil avtomobillar 100 km masofaga ölçanganida benzinga nisbatan propan gazini köproq iste'mol qiladi, şu sababdan propan benzindan ham qimmatladi, deyiş uçun asos bor edi. Ungaça respublika böylab propan barqaror ravişda litri 1300–1500 sömdan sotilib kelayotgan edi.
Bunga sabab RTXBda propan gazining talabga nisbatan kamroq quyilgani böldi.
Sentyabr oyida propan gazining bahosi gaz quyiş şoxobçalarida pastlay boşladi. Gaz quyiş şoxobçalarida uning narxi litriga 2500 sömgaça tuşdi.
Sönggi olingan ma'lumotlarga köra, birjada propan narxi yana kötarila boşlagan.
UZEX Telegram kanali ma'lumotlariga tayansak, masalan, sentabr oyi örtalarida propan gazining 1 kilogrammi bahosi birjada 2400–2700 söm örtasida öynab turgan bölsa, 3 oktabr kuni bölib ötgan savdolarda uning bahosi 4000–4700 söm orasida bölgan.
Binobarin, keyingi kunlarda suyultirilgan gaz quyiş şaxobçalarida propanning narxi oşişi turgan gap.







