Yiğilişda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham körib çiqildi. Hozir tabiiy gaz yetib borişi qiyin bölgan 1 ming 916 ta mahalla mavjud.
Mas’ullarga uç oyda uşbu mahallalardagi isitiş tizimini elektrga ötkaziş uçun qança infratuzilma va qöşimça elektr energiyasi talab etilişini hisob-kitob qiliş topşirildi.
Birinçi navbatda moliyalaştiriş talab etiladigan mahallalar böyiça alohida dastur işlab çiqiladi.
Bugungi kunda 3 million 700 ming xonadon suyultirilgan gazdan foydalanmoqda. Sönggi yillarda mazkur tizim raqamlaştirilib, ança tartibga keltirilgan bölsada, gazni öz vaqtida yetkaziş muammosi töliq hal etilmagan.
Suyultirilgan gaz yetkazib berişga xususiy sektorni jalb etiş va buni Andijon viloyatidan boşlaş taklifi ma’qullandi.
Andijon viloyatida olti oyda rejadagi 48 ming tonna örniga 41 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. 318 ta mahallada ta’minot grafikdan orqada qolmoqda.
Endi tadbirkorlar özi import qilgan yoki birjadan xarid qilgan suyultirilgan gazni aholi va biznes sub’yektlariga yetkazib berişi mumkin böladi. Yil boşidan xususiy sektor tomonidan 157 ming tonna suyultirilgan gaz import qilingan.
Ijtimoiy reyestrga kirgan oilalarga suyultirilgan gaz uçun subsidiya beriladi. Yil yakunigaça bu borada “Andijon tajribasi” yaratiladi.
Suyultirilgan gaz işlab çiqarişni yil yakunigaça rejadagi 520 ming tonna örniga 606 ming tonnaga yetkaziş vazifasi qöyildi.
Hozir aholiga gaz standart hajmdagi 20 kilogrammli ballonlarda yetkaziladi. Vaholanki, ayrim xonadonlarga oylik iste’mol uçun 5-6 kilogramm yetarli bölsa, boşqa iste’molçilarga 30-40 kilogrammli ballon zarur.
Suyultirilgan gazni taşiş, saqlaş va tarqatiş tizimi bir oyda xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida qayta körib çiqiladi.

















