Prezident Şavkat Mirziyoyev aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş tizimini isloh qiliş yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Suyultirilgan gaz tabiiy gaz tarmoği yetib bormagan hududlarda yaşovçi aholini energiya manbai bilan taʼminlaşda muhim örin tutadi. Şu bois, uni öz vaqtida, xavfsiz va barqaror yetkazib beriş odamlarning kundalik hayoti, ijtimoiy soha obyektlari faoliyati hamda hududlardagi maişiy şaroitlar bilan bevosita boğliq.
Taqdimotda suyultirilgan gaz resurslari va taqsimoti balansi, amaldagi yetkazib beriş tizimi, narx şakllanişi, subsidiyalar va aholiga taʼsiri tahlil qilindi.
Maʼlumotlarga köra, respublikada 3,8 millionga yaqin aholi hamda qariyb 2 mingta ijtimoiy soha obyekti suyultirilgan gaz bilan taʼminlanadi. Joriy yilda aholi va ijtimoiy soha obyektlari ehtiyoji uçun 604,8 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriş közda tutilgan.
Amaldagi tizimda qator muammolar saqlanib qolayotgani körsatib ötildi. Ayrim hududlarda suyultirilgan gaz isteʼmolçilarga belgilangan muddatda yetib bormayapti. Natijada aholi qöşimça ehtiyojini avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalaridan bozor narxlarida xarid qilişga majbur bölmoqda.
Tahlillarga köra, suyultirilgan gazni 46 kundan ortiq muddatda olayotgan isteʼmolçilarning uluşi 22 foizni taşkil etadi. Bunday holatda ayrim oilalarning bir oylik xarajati amaldagi belgilangan narxdan bir neça barobar yuqori bölmoqda.
Mavjud tartibda suyultirilgan gaz aholi va ijtimoiy soha obyektlariga imtiyozli narxlarda yetkazib berilmoqda. Şu bilan birga, işlab çiqariş, import, xarid va yetkazib beriş xarajatlari örtasidagi tafovut yildan yilga ortib, byudjetdan ajratiladigan subsidiyalarga talab köpaymoqda.
Davlat rahbari ayni masalada eng avvalo aholi manfaati ustuvor bölişi zarurligini taʼkidladi. Suyultirilgan gaz odamlarga öz vaqtida yetib borişi, taʼminotda uzilişlarga yöl qöyilmasligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qöllab-quvvatlanişi lozimligi qayd etildi.

Şu maqsadda suyultirilgan gaz taʼminoti tizimini bosqiçma-bosqiç isloh qiliş böyiça takliflar işlab çiqilgan.
Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş tizimini qayta taşkil etiş maqsadida “Hududgaztaʼminot” taʼsisçiligida “LPG-Trade” masʼuliyati çeklangan jamiyatini taşkil etiş taklif qilinmoqda. Uşbu tuzilma suyultirilgan gazni birja orqali xarid qilib, belgilangan tartibda odamlarga yetkazib beriş bilan şuğullanadi.










