Journal of Family Medicine and Primary Care jurnali selfi qilişga uriniş çoğida röy bergan ölim holatlari soni eng köp qayd etilgan davlatlar röyxatini tuzib çiqdi.
Umuman olganda, 2011 yildan buyon 259ta «fojiali selfi» holati qayd etildi. Şu bilan birga, Hindiston uşbu körsatkiç böyiça mutlaq yetakçiga aylandi - 159ta holat.
Rossiya ikkinçi örinni egalladi, ammo katta farq bilan - selfi oqibatida 16ta ölim holati. Keyingi poğonadan AQŞ 14ta ölim holati bilan joy oldi.
Bundan taşqari, ma'lum bölişiça, 72% holatda erkaklar qurbonga aylangan. Ta'kidlanişiça, ayollar aksariyat vaziyatlarda köproq özlarini suratga olişadi. Bu aynan erkaklar tavakkal qilişni va özlarini şu paytda suratga tuşirişni yoqtirişi bilan izohlanadi.
Şuningdek, tadqiqotçilarning aniqlaşiça, selfi paytida halok bölişning eng köp sabablari - çökiş, transportdan halok böliş va balandlikdan qulaş.












