Özbekiston 2030 yilga borib YaIM birligiga parnik gazlar çiqarib taşlanişini kamaytiriş böyiça çora-tadbirlar köradi, deya xabar berdi Senatning Xalqaro aloqalar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari böyiça qömitasi a'zosi Rahmatulla Nazarov, deb yozadi «Narodnoye slovo».
Mamlakat prezidenti tomonidan imzolangan «Parij bitimni ratifikatsiya qiliş töğrisida»gi qonun (Parij, 2015 yil 12 dekabr) keça kuçga kirdi.
«Bitimni imzolaş uçun BMT Iqlim özgarişi böyiça hadli konvensiyasi Kotibiyatiga hujjat topşirildi. Unga köra, Özbekiston Respublikasi 2030 yilgaça bölgan uzoq muddatli istiqbolda iqlim özgarişiga bilan kuraş böyiça çora-tadbirlarni kuçaytirmoqçi - 2030 yilga kelib parnik gazlar çiqarib taşlanişini YaIMning 10 foizlik birligigaça kamaytiriş», - dedi senator.
Uning sözlariga köra, atrof-muhitni muhofaza qiliş tadbirlarini amalga oşiriş kölamini kengaytiriş, ekologiya sohasida qonunçilikni mustahkamlaş, yangi qurilgan korxonalarni maxsus texnika bilan jihozlaş böyiça tegişli jahon standartlarini joriy etiş nazarda tutilmoqda. Bu parnik gazlar çiqarib taşlanişini imkon qadar kamaytirişga yöl beradi.
«Mamlakatimizda barça tarmoqlarning rivojlaniş darajasi hali yuqori emas, biz parnik gazlar çiqarib taşlanişining minimal darajasini saqlab turibmiz. Biroq, yuqori ta'sirçanlik va moslaşiş hozirça past imkoniyatlar tufayli Özbekiston Jahon banki tomonidan iqlim özgarişining salbiy oqibatlariga eng zaif mamlakatlardan biri sanaladi», - deya ta'kidlab ötdi Nazarov.












