El-Nino taxminan har ikki–yetti yilda takrorlanadigan tabiiy iqlim siklining bir qismi bölib, Tinç okeanining ekvatorial hududlarida suv harorati kötarilişi bilan boğliq.

Uning 1997–1998 va 2015–2016-yillardagi ayniqsa kuçli davrlari dunyoning turli mintaqalarida ob-havoga jiddiy taʼsir körsatgan. Oqibatlar Indoneziya va Amazonka havzasidagi örmon yonğinlari, Afrika janubida qurğoqçilik tufayli hosil kamayişi, Janubiy Kaliforniyada esa kuçli yoğingarçilik va suv toşqinlarida namoyon bölgan.

Yangi taqqoslaşda Tinç okeani yuzasi balandligining örtaça körsatkiçlardan oğişi örganilgan. Xaritalar 1997-yil 13-oktabr va 2026-yil 12-oktabr holatini aks ettiradi.

Birinçi davrga oid maʼlumotlar TOPEX/Poseidon, ikkinçisi esa Sentinel-6 Michael Freilich sunʼiy yöldoşidan olingan. Ularni NASA Reaktiv harakat laboratoriyasi olimlari qayta işlagan.

Okean yuzasining balandligi issiqlik qayerda töplanayotganini kuzatişga yordam beradi: suv isiganda kengayadi. Şu sabab ekvatorial Tinç okeanining markaziy va şarqiy qismlarida suv sathining meyordan kötarilişi El-Nino bilan boğliq issiqlik töplanişini körsatişi mumkin.

Xaritalarda qizil rang suv sathi örtaçadan yuqori, oq rang meyorda, kök rang esa past bölgan hududlarni bildiradi. Qisqa muddatli tabiiy hodisalarni aniqroq köriş uçun maʼlumotlardan mavsumiy sikllar va uzoq muddatli tendensiyalar taʼsiri çiqarib taşlangan.

Odatda passat şamollari iliq suvni Tinç okeanining ğarbiy qismiga surib boradi. Şamollar susayganda esa bu suv şarqqa siljiy boşlaydi. Okean va atmosfera örtasidagi özaro taʼsir natijasida şamollar yanada zaiflaşib, markaziy va şarqiy hududlarda issiq suv töplanişi kuçayadi.

Naşrda keltirilişiça, 2026-yilgi El-Nino 1997–1998-yillardagi hodisaga nisbatan tezroq rivojlangan. Oktabrga kelib esa ikkala davrda öxşaş manzara kuzatilgan: okeanning ğarbida suv sathi pasaygan, şarqida kötarilgan, iliq suv massalari Janubiy Amerika sohillarigaça yetib borgan.

2015–2016-yillardagi kuçli El-Nino esa boşqaçaroq keçgan. Öşa paytda ekvator böylab iliq suvlar Janubiy Amerika sohillariga hozirgidek darajada yetib bormagan. Bu yoğingarçilikning hududiy taqsimlanişida ham farqlarga olib kelgan.

NOAAning 2026-yil 8-oktabrdagi prognozi kelasi yil boşida kuçli El-Nino ehtimoli yuqori ekanini körsatsa-da, bu muayyan hududlarda albatta toşqin yoki qurğoqçilik böladi, degani emas.