La-Ninya - okean suvi haroratining özgarişi bilan boğliq iqlim hodisasi. Uning şakllanişi jarayonida kuçli şamollar okean yuzasidagi iliq suvlarni harakatga keltiradi, natijada çuqurlikdagi nisbatan sovuq suvlar yuqoriga kötariladi.
Tinç okeanida La-Ninya nisbatan keng tarqalgan bölib, odatda har bir neça yilda kuzatiladi. Biroq hozir iqlimşunoslar ança kam uçraydigan Atlantika La-Ninyasi şakllanişi mumkinligini ham istisno qilmayapti.
Mayami universitetining okean fanlari kafedrasi dotsenti Frans Filip Tuxenning ta’kidlaşiça, hozirça Atlantika La-Ninyasi şakllandi, deb qat’iy aytişga erta.
Şunga qaramay, olimlar Atlantika okeanining ayrim hududlarida suv harorati me’yordan sezilarli darajada past ekanini qayd etgan. Tuxenning baholaşiça, agar hozirgi şaroit özgarmasa, Atlantika La-Ninyasining şakllaniş ehtimoli yuqori.
Atlantika La-Ninyasi nimalarga ta’sir qilişi mumkin?
Tinç okeanidagi La-Ninya dunyoning köplab mintaqalari iqlimiga ta’sir körsatadi. Atlantikadagi xuddi şunday hodisaning ta’siri esa köproq muayyan mintaqalarda sezilişi mumkin.
Xususan, Atlantika La-Ninyasi şakllansa, Ğarbiy Afrika mamlakatlari va Sahel mintaqasida yoğingarçilik miqdori köpayişi mumkin.
Braziliyaning şimoli-şarqiy qismida esa, aksinça, yomğir miqdori kamayişi ehtimoli bor.
Şuningdek, Kabo-Verde atrofida tropik tsiklonlar faolligi pasayişi mumkin. Bu holat bilvosita AQŞ va Karib havzasiga ham ta’sir körsatişi ehtimoldan xoli emas.
Sababi, keyinçalik Karib dengizi va Meksika körfazi sohillarigaça yetib boradigan kuçli Atlantika dovullarining bir qismi aynan Kabo-Verde yaqinida şakllana boşlaydi.
Şu bois Şarqiy Atlantikada tropik tsiklonlar faolligining pasayişi ayrim kuçli dovullarning paydo böliş ehtimolini ham kamaytirişi mumkin.
Tinç okeanida El-Nino kuçaymoqda
Atlantika La-Ninyasi hozirça olimlar körib çiqayotgan ehtimoliy ssenariylardan biri bölib qolmoqda. Tinç okeanidagi El-Nino esa allaqaçon rivojlanmoqda.
Iqlimşunoslar prognozlariga köra, El-Nino kelgusida yanada kuçayişi mumkin. Ayrim tadqiqotçilar uning «super El-Nino» darajasiga yetişi ehtimolini ham istisno qilmayapti.
Ikki okeanda ikki xil iqlim hodisasi kuzatilişi mumkin
09:20 / 28.07.20269 7054 min
Tinç okeanida kuçayib borayotgan El-Nino kuzatuvlar tarixidagi eng kuçli hodisalardan biriga aylanişi mumkin. Ayni paytda olimlar Atlantika okeanida nisbatan kam uçraydigan La-Ninya şakllanişi ehtimoli yuqori ekanini bildirmoqda.













