La Liga prezidenti Xaver Tebas «Jirona» - «Barselona» öyinining AQŞda ötkazilişiga işonçi komil ekanini aytdi.

«Öyin Qöşma Ştatlarda bölişiga 10 ming dollar tikaman», - deb aytgan Tebas CNN muxbiri bilan suhbatda.

«Men Ispaniya va sport olamini juda yaxşi bilaman. Şu boisdan bu oson keçmasligini, vaziyatni hal qiliş kerakligini ham tuşunaman. Nazarimda, har ikkala jamoa öyinçilari ham Amerikada öyin ötkazişni istaydi. Ammo La Liga doirasidagi rasmiy uçraşuv bölgani uçungina buni xohlamasliklari bema'nilik», - deb aytgan Tebas.

«Mayamida öyin ötkazişimiz deyarli aniq. Biz bu fikrimizga qarşi çiqişlarini bilgandik, bu meni hayron qoldirayotgani yöq. Bu – strategiyamizning bir qismi edi. Rejamiz bor va biz u böyiça işlaşda davom etmoqçimiz. Maqsadimiz – Mayamidagi «Hard Rock Stadium»da 26 yanvar kuni soat 14:45 da öyin ötkaziş», - deya gapni qisqa qilgan La Liga prezidenti.

Qayd etiş joiz, La Liga prezidentining tarafdorlari bu ğoyani amalga oşiriş uçun ança ter tökişlariga töğri keladi. Çunki FIFA prezidenti ham, Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti ham va hatto Ispaniya boş vaziri ham bu loyihaga qarşilik qilmoqda.