Moskva ğarbida quriliş havozalarining ağdarilişi oqibatida 8 kişi, jumladan 2 nafar özbekistonlik jabrlandi. Bu haqda Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qildi.
5 oktabrda soat 11:15da “Snegiri” turar-joy majmuasidagi quriliş işlari vaqtida qurilayotgan inşoot atrofida örnatilgan havozalar qulab tuşgan.
Olib borilgan tadbirlar davomida jabrlanganlarning şaxsi örganilgan. Jumladan, baxtsiz hodisa oqibatida Özbekistonning 2 fuqarosi – Nurali Pölatov va Malik Böriyev jabrlangani aniqlangan.
Jabrlanganlar S.P.Botkin va M.Ye.Jadkeviç nomidagi şifoxonalarga yetkazilgan.












