Ekologik muammolarni faqat davlat yoki "yaşil" texnologiyalar hal qila olmaydi, bu sayyorada yaşovçi har bir insonga boğliq. KUN.UZ muxbiri Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi ijroçi direktori, professor Iskandar Abdullayev bilan şu mavzuda suhbatlaşdi.

"Ekologik muammolarni faqat davlat hal qila olişiga işonmayman. Davlat - qoidalarni belgilovçi öyinçi, qolgan öyinçilar esa - biz, fuqarolar. Aksariyat holatlarda ekologik muammolar haqida gapiramizu, lekin uni bartaraf etiş uçun heç narsa qilmaymiz. Köçada maşina yuvamiz, atmosferani ifloslantiramiz. Albatta, bugun işbilarmonlar ekologiyaga sarmoya kiritişidan manfaatdormiz, biroq boşqa tomondan ular bunga pul tikkani bilan ekologiya darhol yaxşilanib qolayotgani yöq. Jamoatçilikning özi bunday yaşaşda davom etişni istamasligi, suv havzalari, atmosferani ifloslantirmasligi, bolalar kasal bölişiga yöl qöymasligi kerak", - deydi Iskandar Abdullayev.
Uning sözlariga köra, jamiyat öz vazifasini bajarmas ekan, 5-10 yildan keyin ekologik muammolar hal bölib qolmaydi. Şunçaki vaziyat yaxşilanadi, texnologiya takomillaşadi, kamroq çiqindi taşlanadi.
"Arktika va Antarktidada juda köplab muzliklar erimoqda. Bu esa atomosferaga SO2 çiqişini köp baravarga oşiradi. 6 yil davomida haroratning 1,5-2 darajaga isişiga yöl qöyilmasligi kerak, biroq agar vaziyat şunday jadallik bilan davom etaversa, uç yildan keyinoq bu çegarani xatlab ötamiz. Dunyoda şunday hodisalar böladiki, ularni inson va jamiyatning özi töxtatişi kerak. Biznes ham jamiyatning bir bölagi. Şunday ekan, faqat texnologiyalar yoki faqat davlatning özi ekologiyadagi muammolarni bartaraf eta olmaydi, odamlar ham tabiat ne'matlaridan oqilona foydalanişlari kerak", - deya xulosa qiladi olim.











