Kreml Niderlandiya va Amerika Qöşma Ştatlarining Rossiya armiyasi zobitlari tomonidan sodir etilgan kiberhujumlarga oid bayonotlari tufayli mamlakat Boş ştabi hamda Mudofaa vazirligida iste'folar yuz bermasligini bildirdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 8 oktabr, duşanba kuni ma'lum qildi, deya xabar beradi «Interfaks».

«Bunday turdagi ma'lumotlar, tabiiyki, bunday qaror uçun asos böla olmaydi», - dedi Peskov.

4 oktabrda Vaşington yetti nafar rossiyalikni Qöşma Ştatlardagi jismoniy va yuridik şaxslarga, şuningdek, butun dunyo böylab kompaniyalar hamda xalqaro taşkilotlarga kiberhujumlar sodir etişda aybladi. AQŞ Adliya vazirligining bildirişiça, ularning hammasi «Rossiya armiyasi zobitlari hisoblanadi».

Ulardan tört nafari Niderlandiya tomonidan Kimyoviy qurollarni taqiqlaş taşkiloti (KQTT)ga xakerlik hujumini amalga oşirişga urinişda ayblanmoqda.

Oktyabr oyining boşida ommaviy axborot vositalari APT28 xakerlik guruhining Rossiya razvedkasi bilan aloqasi borligi haqida yozgandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Sky News GRU agentlariga qarşi ayblovlar Rossiyaga «kamsituvçi zarba» bergani haqida yozgandi.