Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: GRU agentlariga qarshi ayblovlar Rossiyaga «kamsituvchi zarba» berdi
Foto: REUTERS
Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilari Rossiyaga bosim o‘tkazdi, biroq London agar Rossiya harbiy razvedkasi xatti-harakatini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, ko‘proq sa'y-harakatlarni ko‘rishi kerak, deya yozadi Sky News tahlilchisi Debora Xayns.
Xususan, 4 oktabr kuni Buyuk Britaniya GRUni kiberhujumlar tashkillashtirishda aybladi. Rus agentlariga qarshi 4 oktabrda muvofiqlashtirilgan holda e'lon qilingan ayblovlar Moskvani dovdiratib qo‘yish va tiyib turish maqsadida amalga oshirildi, deya ta'kidlanadi Sky News materialida.
Rossiyalik josuslarga qo‘yilgan ayblovlar britaniyalik agentlar o‘zlarining yevropalik va amerikalik hamkasblari bilan birgalikda, ular rejalarini buzish va fosh qilishga qodir ekani haqida ham signal yuboradi, deya ta'kidlaydi muallif.
Britaniya shu orqali Rossiyaning xatti-harakatlarini o‘zgartira olishi va Moskva Solsberida ikki tomonga ishlagan agent Sergey Skripalning zaharlanishi yoki Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilotga (KQTT) qarshi kiberhujumga urinish kabi «surbet missiyalar» tufayli juda katta tavakkalga borayotganini ko‘rsatib qo‘yishiga umid bildirmoqda.
Ayni paytda, muallifning yozishicha, Moskvaning G‘arb bilan mojaroga qanday reaksiya bildirishi noma'lum bo‘lib turibdi.
Bundan tashqari, rossiyalik josuslarning fosh etilishi, Buyuk Britaniya hamda Niderlandiyaning bu borada tegishli batafsil ma'lumotlarni e'lon qilishi, odatda soyada ishlaydigan bunday tuzilma uchun «kamsituvchi zarba»ga aylandi, deya ta'kidlanadi materialda. Bularning bari xorijiy davlatlar tomonidan josuslik bo‘yicha «kelajakdagi rejalarga» ta'sir qilishi kerak, deb yozadi muallif.
Biroq, 4 oktabr kuni Rossiyaga qarshi Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Qo‘shma Shtatlarning muvofiqlashtirilgan holda uyushtirilgan aksiyasi - hali boshlanishi va GRUga haqiqatan ham ta'sir o‘tkazish uchun Britaniya ittifoqchilari bilan birga yanada kengroq yo‘l tutishi kerak, deya xulosa qiladi Sky News.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalni palid, deb atagandi.
Mavzuga oid
14:41 / 13.12.2025
Ukraina: Kaspiyda Rossiyaning qurol tashigan ikki kemasiga hujum qilindi
14:23 / 13.12.2025
Tramp Ukrainaning Rossiya “soya floti”ga zarba berishini ma’qulladi
14:06 / 13.12.2025
Moskva Zelenskiyning Donbass bo‘yicha referendum o‘tkazish g‘oyasini rad etdi
12:30 / 13.12.2025