«Rossotrudniçestvo» fuqarolari Rossiyada ta'lim oliş maqsadida murojaat bilan çiqqan mamlakatlar orasidagi yetakçilarni ma'lum qildi, deya xabar beradi RT.
2018/19 yillarda ta'lim oliş uçun murojaatlar soni böyiça yetakçiga Özbekiston aylandi - 7225 kişi. Tojikiston murojaatnomalar soni böyiça ikkinçi örinni egalladi - 6263 kişi. Uçinçi örin Afğonistonda (5134 kişi).
Şuningdek, Rossiyada öqiş uçun murojaat qilganlarning soni böyiça Qozoğiston (3763 kişi) va Jazoir (2737 kişi) kuçlik beşlikka yakun yasab bergan.
Umuman olganda, 2018/19 öquv yili uçun Rossiya universitetlariga xorijliklar tomonidan 88 906ta murojaat yuborilgan. Xorijliklar uçun Rossiya ta'lim muassasalarida bepul ta'lim oliş uçun davlat kvotasi joriy yilda 15 ming kişini taşkil etdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq özbekistonlik abituriyentlar Rossiya oliy ta'lim muassasalarini köproq tanlaşayotgani xabar berilgandi.












