Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik abituriyentlar Rossiya oliy ta'lim muassasalarini ko‘proq tanlashmoqda
Foto: KazanFirst
Xorijiy ta'limni Rossiya oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish maqsadida tasdiqlash jarayoni uchun arizalar soni o‘sdi. Bu ta'lim va fan sohasidagi nazorat bo‘yicha Federal xizmat tomonidan qayd etildi, deb xabar beradi Rosobrnadzor.
Faqatgina 2018 yil iyulida arizalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 17 foizga o‘sdi va 3 mingdan ziyod murojaatlarni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘qishni yoki ishlashni istagan istalgan shaxs xorijiy ta'limini yoki malakasini tasdiqlashi kerak.
«Xorijiy ta'limni tan olish uchun bizga o‘zaro tan olish to‘g‘risida kelishuv bo‘lmagan mamlakatlardan bo‘lgan abituriyentlar murojaat qiladi. Bunday kelishuvlar mavjud mamlakatlarga nisbatan amaliyot boshqacha: kiruvchilar bevosita ta'lim muassasalariga boradilar, u yerda ularni xalqaro xizmat yoki bitiruv komissiyalari mutaxassislari kutib oladi. Ular kelishuvda nazarda tutilgan chet el diplomlarini baholashlari mumkin», - deya ta'kidlab o‘tdi Bosh ekspertiza markazi direktori Vera Skorobogatova.
Abituriyentlar ko‘pchiligi murojaat qilgan asosiy mamlakatlar: O‘zbekiston, Eron, Misr, Iroq, Marokash, Saudiya Arabistoni, Tunis.
Mavzuga oid
00:04
Eron tashqi ishlar vaziri Rossiyaga boradi
22:54 / 25.04.2026
Suriyaning yangi hukumati Rossiyani Xmeymim aviabazasidan chiqarib yubormoqchi
10:28 / 25.04.2026
AQSh Rossiya va Eron neftiga berilgan vaqtinchalik yengillikni bekor qilmoqchi
12:03 / 23.04.2026