Milliy matbuot markazida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan “Tibbiy ta'limdagi islohotlar – soğliqni saqlaş tizimini taraqqiy ettirişning muhim mezonlaridan biri” mavzusida matbuot anjumani ötkazildi. Unda vazirlik mutasaddilari, tibbiyot oliy öquv yurtlari rektor va direktorlari hamda jurnalistlar iştirok etdi.
Anjumanda qayd etilganidek, hozirda hududlardagi tibbiyot muassasalarini malakali şifokorlar bilan ta'minlaşda davlat grantlari asosida bakalavriat yönalişi böyiça mutaxassislar tayyorlaşning maqsadli qabul kvotalari böyiça qabul yölga qöyilgani ham e'tiborga loyiq. Çunonçi, 2017 yilda 1180 ta, joriy yilda 1548 ta kvota şakllantirildi.

Maqsadli tayyorlanayotgan kadrlar 3 yildan 10 yilgaça muddatda tegişli hududlarda işlab berişadi. Bundan taşqari, pensiyaga çiqqan mutaxassislar malakasini oşirib, işga jalb etilişi, xorijdagi mutaxassislarimizning yurtimizga qaytib, faoliyat yuritayotgani, joriy yilda öquv yilining qisqarişi evaziga ikkita kursning öqişni tamomlaşi kabi omillar ham sohadagi kadrlar yetişmovçiligini bartaraf etişda qöl kelayotir.
– Uşbu çora-tadbirlar natijasida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Andijon, Sirdaryo viloyatlarida umumiy amaliyot şifokoriga bölgan ehtiyoj töliq qoplandi. Qolgan hududlarning ham bu boradagi ehtiyoji 2019 yil bitiruvçilari hisobidan qoplanadi. Birlamçi tibbiyot muassasalaridagi tor mutaxassislar yetişmovçiligi klinik ordinatura, magistratura, qisqa muddatli qayta tayyorlov kurslari bitiruvçilari hisobiga 2020 yilgaça töliq bartaraf etiladi, – dedi Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov.
Tibbiy oliy öquv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş ham vazirlik diqqat-markazida bölib kelyapti. Jumladan, 7 ta tibbiyot oliygohi obektlariga 57,6 mlrd. söm, şuningdek, uçta tibbiyot oliygohlarining klinikalariga 35 mlrd. söm mablağ yönaltirilib, quriliş-ta'mirlaş işlari jadallik bilan olib borilyapti.

Respublikadagi tibbiyot oliy öquv yurtlari 20 dan ortiq xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan xamkorlikni yölga qöydi.
Joriy öquv yilida Toşkent davlat stomatologiya institutida Moskva davlat tibbiyot-stomatologiya universitetining “Stomatologiya” va Italiyaning Turin politexnika universitetining “Biotibbiyot muhandisligi” ta'lim yönalişlari oçildi. 2019-2020 öquv yilidan boşlab Janubiy Koreyaning Indjye universiteti Ilsan gospitali bilan “Travmatologiya va ortopediya” magistratura mutaxassisligi böyiça qöşma dastur asosida Toşkent pediatriya tibbiyot institutida magistrlarni tayyorlaş haqida kelişuv imzolandi va ta'lim jarayonini boşlaş rejalaştirilgan.
Şuningdek, uşbu institutda “Pediatriya işi” ta'lim yönalişi böyiça qöşma dastur asosida halqaro fakultetda talabalarni tayyorlaş yuzasidan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan kelişuv imzolandi.

Hozirda Özbekistonda 7 ta oliy tibbiy ta'lim muassasasi va ularning 4 ta filialida malakali kadrlar tayyorlanmoqda. 2018 yil uşbu oliy ta'lim muassasalarini bakalavriat yönalişi böyiça 2000 nafar talaba tugatib işga yöllanma olgan bölsa, 4395 nafar yigit-qizlar talaba böliş baxtiga muşarraf böldi.











