Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining "Andijon viloyatining Buloqboşi tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjatda qayd etilişiça:
Respublika işçi guruhi mahallalarni uyma-uy yuriş, ijtimoiy va işlab çiqariş obektlarini borib köriş jarayonida Andijon viloyatining Buloqboşi tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oşirilişini örganib çiqqan;
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oşirilişini örganiş natijalariga köra mahalla, tuman va viloyat darajasidagi tizimli muammolar va kamçiliklarni hal etiş nazarda tutilgan “Yöl xaritalari” işlab çiqilib tasdiqlangan.
2018-2019 yillarda Andijon viloyatining Buloqboşi tumanida kafolatli iş örinlarini taşkil etiş hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qişloq xöjaligini rivojlantiriş loyihalarining manzilli röyxati tasdiqlanişi mumkin.
Andijon viloyati hokimligi:
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, daxldor vazirlik va idoralar, tijorat banklari hamda loyihalar taşabbuskorlari bilan birgalikda investitsiya loyihalarining öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişini, rejalaştirilgan işlab çiqariş hajmini özlaştiriş va yangi iş örinlarini yaratişni nazarda tutgan holda, Manzilli röyxatning sözsiz bajarilişini ta'minlaydi;
loyihalarning bajarilişi va muammoli masalalarni doimiy ravişda körib çiqqan holda, ularni hal etiş böyiça tezkor va amaliy ahamiyatga ega çora-tadbirlarni amalga oşiriş yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.
Andijon viloyati hokimiga Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi va xizmat körsatuvçi tijorat banklar bilan kelişiş asosida zarur bölganda, Manzilli röyxatga kiritilgan loyihalar qiymatini hamda iş örinlari sonini saqlab qolgan holda, uşbu Manzilli röyxatga özgartirişlar kiritiş huquqi beriladi.
Andijon viloyati hokimligining Buloqboşi tumanidagi yer uçastkalarida 2-ilovaga muvofiq kiçik sanoat zonalarini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
Andijon viloyati hokimligi Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 25 oktabrdagi PQ–3356-son “Erkin iqtisodiy zonalar va kiçik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oşiriş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun bir oy muddatda KSZ Direktsiyasini taşkil qiliş va uning iştirokçilariga yer uçastkalarini beriş çoralarini köradi.
“Özbekenergo” AJ, “Öztransgaz” AJ va Andijon viloyati hokimligi bir oy muddatda KSZ hududida muhandislik-işlab çiqariş infratuzilmasini quriş çora-tadbirlarini işlab çiqadi va amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, “Özbekenergo” AJ, “Öztransgaz” AJ va Andijon viloyati hokimligi rahbarlari zimmasiga KSZda joylaştiriladigan tadbirkorlik sub'yektlarini ularning işlab çiqariş ehtiyojlariga köra elektr energiyasi, tabiiy gaz va boşqa turdagi kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta'minlaş böyiça şaxsiy mas'uliyat yuklanadi.
Andijon viloyati hokimligi va xöjalik yurituvçi sub'yektlar – investorlar boşqaruv organlarining 2018-2019 yillarda:
Andijon viloyatining Buloqboşi tumanidagi “Qumariq” fuqarolar yiğini hududida 1 mln. AQŞ dollari miqdoridagi töğridan-töğri investitsiyalarni jalb etgan va 100 ta yangi iş örinlari yaratgan holda, gilos yetiştiriş böyiça loyiha qiymati 8 mlrd. söm va umumiy maydoni 164,7 gektar bölgan intensiv boğ taşkil qiliş;
Buloqboşi tumanidagi “Qaşqar” fuqarolar yiğini hududida 4 mln. AQŞ dollari miqdoridagi töğridan-töğri investitsiyalarni jalb etgan va 20 ta yangi iş örni yaratgan holda, loyiha qiymati 40,7 mlrd. söm va umumiy maydoni 12 gektar bölgan ohak işlab çiqariş korxonasini taşkil qiliş;
Buloqboşi tumanidagi “Qumariq” fuqarolar yiğini hududida 2 mln. AQŞ dollari miqdoridagi töğridan-töğri investitsiyalar jalb etgan va 10 ta yangi iş örni yaratgan holda, loyiha qiymati 16,3 mlrd. söm va umumiy maydoni 1,5 gektar bölgan çiqindilarni qayta işlaş korxonasini taşkil qiliş töğrisidagi takliflari qabul qilinişi mumkin.
Andijon viloyati hokimligi uşbu hududlarda obektlarni quriş uçun yer uçastkasini belgilangan tartibda ajratişni ta'minlaydi.
Andijon viloyati hokimligi:
Buloqboşi tumanidagi “Dölana” mahalla fuqarolar yiğini hududida 0,5 gektar maydonda ustaxonalar va işlab çiqariladigan buyumlarni namoyiş qiliş hamda sotiş uçun hunarmandlar savdo nuqtalarini öz içiga olgan “Hunarmandlar” markazini taşkil qiladi;
yer uçastkasi ajratilişi va bu yerda tadbirkorlar hamda hunarmandlarni joylaştirişni ta'minlaydi.
Andijon viloyati hokimligi Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi bilan birgalikda:
Janubiy Farğona kanalining Buloqboşi tumanidagi 25 kilometrida (Piket 253) umumiy foydalaniladigan köprikni loyihalaştirişni;
mazkur köprikni 2019 yil 1 martgaça qurişni ta'minlaydi.












