Indoneziya hukumati mamlakatning xavfsiz hududlarida katta kölamli tabiiy ofatlar holatiga barça zaruriy narsalar saqlanadigan maxsus logistik markazlar yaratmoqçi. Bu haqda Indoneziya dengiz işlari va baliqçilik xöjaligi vazirligi vakili Atmaji Sumarkijo The Straits Times naşriga ma'lum qilgan.

Uning aytişiça, “vazifa qutqaruvçilar tabiiy ofat yuz bergandan 24 soat içida bu markazlardan barça zaruriy narsalarni olib, jabrlangan hududlarga yetkazişdan iborat”. Bu markazlarda oğir texnika, suv tozalaş uçun qurilmalar, generatorlar va oziq-ovqat bölişi közda tutilgan. Bunday markazlarni Şarqiy Kalimantan, Janubiy Sulavesi, Şarqiy Yava viloyatlarida taşkil etiş körib çiqilmoqda.

28 sentabrda Indoneziyaning Markaziy Sulavesi viloyatida 7,7 magnitudali zilzila qayd etilgandi. Kuçli zilzilalar tölqinlari balandligi 5-7 metrga yetgan sunami paydo bölişiga olib kelgan. Tabiiy ofat köplab qurbonlarga olib kelgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, 1944 kişi halok bölgan, 2,6 ming kişi jarohat olgan, 152 mingdan köproq odam vayronalar ostida qolgan bölişi mumkin.

18 ming oroldan iborat bölgan va dunyodagi eng yirik hisoblanuvçi Indoneziya arxipelagi Tinç okeani Olovli halqasida joylaşgan bölib, bu yerda textonik hodisalar kuniga örtaça 5-6 marta yuz beradi.