Özbekiston Qurolli Kuçlari akademiyasi professor öqituvçilari va Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) Qurolli kuçlari mutaxassislari iştirokidagi harbiy hamkorlik doirasida maşğulotlar ötkazildi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati KUN.UZ'ga şu haqida xabar berdi.



Uçraşuvda germaniyalik harbiy mutaxassis Klaus Xyutger “Tanqidiy infratuzilmalar” mavzusida ma'ruza qildi. Şuningdek, tadbirda Özbekiston-Germaniya mudofaa vazirliklari tizimida olib borilayotgan yangiça yondaşuvlar özaro taqqoslanib, atrofliça muhokama qilindi.



Bundan taşqari, öşa kunning özidayoq GFR Bundesverning Myunxen universiteti professor-öqituvçilari va talabalarining taşrifi ham amalga oşirildi. Unda “Bundesverning Myunxen universitetida ofitserlarning ta'lim oliş jarayoni”, “Askarlarni tayyorlaş doirasida Bundesverning psixosotsial tarmoği” mavzularida ma'ruzalar tinglanib, har ikki davlat mudofaa vazirliklari tizimidagi yutuq va kamçiliklar tahlil qilindi.











