9 oktabr kuni Mudofaa vazirligida XVIII yozgi Osiyo öyinlarida iştirok etib, ğoliblikka erişgan hamda sovrinli örinlarni qölga kiritgan Mudofaa vazirligi Sport klubi sportçilari va ularning murabbiylarini şaraflaşga bağişlangan tantanali tadbir bölib ötdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Taqdirlaş marosimida Özbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Özbekiston milliy olimpiya qömitasi raisi Umid Ahmadjonov, Özbekiston boks federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Abdullo Sagdiyev iştirok etdi va mamlakatimiz şarafini jahon sport arenasida munosib himoya qilgan armiya sportçilariga minnatdorlik bildirdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

XVIII yozgi Osiyo öyinlarida oğir atletika sport turi böyiça rekord örnatgan şartnoma böyiça harbiy xizmatçilar Ruslan Nuriddinov, kanoeda eşkak eşiş böyiça Osiyo öyinlarining 4 karra ğolibi Vadim Menkov hamda yengil atletika Nadiya Dusanovaga navbatdagi leytenant harbiy unvonlarini tantanali topşirdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbir davomida Osiyo öyinlarida ğolib va sovrindor bölgan hamda Olmaotada bölib ötgan boks böyiça 22-xalqaro turnirida munosib örinlarni qölga kiritgan sportçilar mudofaa vazirligi tomonidan maişiy texnika buyumlari, kökrak nişonlari bilan taqdirlandi.

Bundan taşqari mamlakatda sportni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun Abdusalom Azizov Özbekiston milliy olimpia qömitasi raisi, jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda Özbekiston boks federatsiyasi raisining birinçi örinbosariga Mudofaa vazirligining esdalik sovğalarini topşirdi.

Eslatib ötamiz, Jakarta va Palembang şaharlarida ötkazilgan XVIII yozgi Osiyo öyinlarida Mudofaa vazirligi Sport klubining 50 nafar a'zosi ham Özbekiston şarafini himoya qilib, 10 ta oltin, 12 ta kumuş va 11 ta bronza medalini qölgan kiritgan edi. Bu mazkur Osiyo öyinlarida özbekistonlik sportçilar tomonidan qölga kiritilgan jami medallar sonining 48 foizi demakdir.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati