Rossiyaning «Rudgormaş» kompaniyasi Özbekistonga oltin qazib oliş uskunalarini yetkazib beriş uçun 1 milliard rubl (15 million dollar) miqdorida şartnoma imzoladi. Bu haqda uşbu kompaniya prezidenti Anatoliy Çekmenev «Kommersant'» naşriga aytib ötdi.
«Bu yil Özbekiston oltin qazib oliş sanoatiga yetkazib beriş böyiça juda katta buyurtmani amalga oşirmoqdamiz, narx böyiça u 1 milliard rubldan ortiq. Uşbu şartnomaga muvofiq, biz ular uçun burğilaş qurilmalari va ehtiyot qismlarini yetkazib berdik. Lekin bu hammasi emas. Ma'lum bölişiça, yangi oltin konlari özlaştirilmoqda, u yerda texnikalar zarur böladi. Umid qilamanki, bizning hamkorligimiz davom etadi, sababi «Rudgormaş» texnikasi ularga yoqmoqda», - dedi Çekmenev.
«Dastlabki hisob-kitoblarga köra, keyingi yil biz ular bilan xuddi hozirgidek hajmda işlaymiz», - deya qöşimça qildi u.

Foto: Rudgormaş
«Rudgormaş» toğ-kon texnikasini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Kompaniyaning işlab çiqariş maydonlari Voronej şahridagi Levoberejniy tumanida, taxminan 60 gektar maydonda joylaşgan bölib, unda quyma, payvandlaş, termal, galvanik, plazmali kesiş va mexanik işlov beriş sexlari bor.












