Özbekiston Markaziy banki zaxira aktivlarining bir qismini xalqaro boşqaruvçilarga beriş imkoniyatini körib çiqyapti. Bu haqda regulyator raisi Timur Işmetov 18-sentabr kuni Toşkentda ötkazilgan Davlat aktivlarini boşqariş böyiça xalqaro forumda maʼlum qildi.
MB raisining taʼkidlaşiça, 1-sentabr holatiga Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 72 mlrd dollardan oşdi. Bu mamlakat importini bir yildan ortiq muddat davomida qoplaş imkonini beradi. 2026-yilning birinçi yarmida Markaziy bank oltin zaxiralarini qariyb 50 tonnaga köpaytirgan. Bu dunyo markaziy banklari orasidagi eng katta ikkinçi ösiş hisoblanadi.
Timur Işmetov 2020-yilda regulyator Jahon bankining zaxiralarni maslahatlaşiş va boşqariş böyiça hamkorlik dasturiga qöşilgani, 2024-yilda esa ilk bor AQŞ ğaznaçilik obligatsiyalari xarid qilinganini ham qöşimça qilib ötdi.
«Aktivlar turlari, valyutalar va kontragentlarni yanada diversifikatsiya qiliş yölida harakat qilyapmiz. Bu qarorni faqatgina öz qaraşlarimizga tayanib qabul qiliş niyatida emasmiz», dedi MB raisi.
Mazkur yönalişdagi qadamlardan biri aktivlarning bir qismini taşqi boşqaruvga ötkaziş böladi. Bu Markaziy bank mutaxassislariga dunyodagi professional ekspertlar bilan birga işlaş va ularning tajribasini özlaştiriş imkonini beradi.

















