Rossiyalik yakkakuraş jangçisi Xabib Nurmagomedov Mutlaq jangçilik çempionati (UFC) rahbariyatiga rasmiy murojaat bilan yuzlandi. Xabib Konor Makgregor bilan jangdan keyin yuz bergan mojaro uçun faqat uning jamoasiga sanksiyalar qöllanayotganidan, Makgregor va uning murabbiylari xatti-harakatlari esa e'tiborsiz qoldirilayotganidan aççiq bildirgan. Nurmagomedov, şuningdek, dösti, mojaro iştirokçilaridan biri bölgan Zubayra Tuxugovning UFC’dan çetlatilganidan norozilik bildirgan va u ham dösti ortidan UFC’dan ketişi bilan tahdid qilgan. U bu haqdagi fikrlarini instagramdagi sahifasida bayon qilgan.

“Men yufs’ga murojaat qilmoqçiman: Nima uçun siz ularning (Makgregor) jamoasi avtobusga hujum qilib, ikki kişini yaralaganda heç kimni çetlatmadingiz. Axir ular kimnidir öldirişlari mumkin edi. Nima uçun heç kim vatanim, dinim, millatim va oilam haqoratlangani haqida gapirmayapti?

Nima uçun siz ikki jamoa ham urişganda, faqat meni jamoamni jazolamoqdasiz? Agar siz buni men boşlaganimni aytadigan bölsangiz, men bunga qarşiman, men boşlangan işni tugatdim. Istalgan vaziyatda, meni jazolang, Zubayra Tuxugovning nima aybi bor?
Agar meni indamaydi, deb öylasangiz, xato qilasiz. Siz Zubayra Konor akamni urgandan keyin uni urgani uçun uning jangini bekor qildingiz va uni çetlatmoqçisiz. Kamerada nima bölgani körinib turibdi.

Unda biling, u bilan birga meni ham yöqotasiz, bizda – Rossiyada özimiznikilarni taşlab ketmaymiz va men inim uçun oxirigaça boraman. Agar siz baribir uni çetlatişga qaror qilsangiz, unda menga ham yirtib taşlangan şartnomani yuborişni unutmang, aks holda men uni özim yirtib taşlayman. Aytgança, siz bermayotgan va paysalga solayotgan gonorarni unutayozibman. Uni özingizga qoldirişingiz mumkin, faqat ehtiyot böling, tomoğingizda tiqilib qolmasin. Biz öz şa'nimizni himoya qildik va bu asosiysidir”, deb yozgan rossiyalik sportçi.

7 oktabrda ötgan jang tugaşi bilan Nurmagomedov oktagondan çiqib ketib, Makgregorning sparring-şerigi Dillon Devis bilan muştlaşib ketgan. Bu orada UFC’ning boşqa jangçisi Zubayra Tuxugov oktagonga tuşib, Makgregor bilan urişib ketgan. Şundan keyin UFC rahbari Dana Uayt oktagonga tuşgan jangçilar taşkilotdan çetlatilişini aytgan.