Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor örtasidagi jang boş voqeasi bölgan UFC 229 musobaqasi pulli namoyişlar miqdori böyiça taşkilot tarixidagi rekord qiymatdagisi böldi. Bu haqda MMAfighting portali ma'lum qildi.

7 oktabrga ötar keçasi Las-Vegasda ötgan musobaqada Nurmagomedov raqibi Makgregor ustidan işonçli ğalabaga erişdi. Musobaqaning ahamiyati böyiça 2-raqamli jangida amerikalik Toni Fergyuson hamyurti Entoni Pettisni mağlubiyatga uçratdi. 

Ma'lum qilinişiça, musobaqaga 2,4 mln dollarlik translyatsiya sotilgan, bu esa UFC uçun rekord hisoblanadi. Bir namoyiş narxi 90 dollar turadi. Taşkilotda bu borada örnatilgan avvalgi rekord natija UFC 202 musobaqasida qayd qilingan bölib, 1,5 mln dollarni taşkil qilgan. Öşa musobaqaning boş jangida Makgregor amerikalik Neyt Dias bilan jang qilgan.