«Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan «Masjid va madrasalar uçun kitob» aksiyasi ötkazilmoqda. Aktsiyaga köra, masjidlarga Qur'oni karim, şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub diniy-ma'rifiy kitoblar va boşqa diniy-ma'rifiy kitoblar yetkazib berilyapti.
Şu vaqtga qadar 9 ta viloyatdagi 306 ta masjidga jami 367 mln sömlik 13109 ta kitob yetkazib berildi.

Birinçi bosqiç: 11 iyul kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi 15 ta masjidga jami hisobda 18 mln sömlik 40 turdagi 735 ta kitob yetkazib berildi.
Ikkinçi bosqiç: 14 iyul kuni Farğona viloyatining Quva tumanidagi 8 ta masjidga va Rişton tumanidagi 9 ta masjidga jami hisobda 26 mln sömlik 42 turdagi 750 ta kitob yetkazib berildi.

Uçinçi bosqiç: 18 iyul kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi 5 ta masjidga va Şarof Raşidov tumanidagi 26 ta masjidga jami hisobda 36 mln sömlik 33 turdagi 1240 ta kitob yetkazib berildi.

Törtinçi bosqiç: 24 iyul kuni Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanidagi 5 ta masjidga va Böstonliq tumanidagi 24 ta masjidga jami hisobda 36 mln sömlik 38 turdagi 1276 ta kitob yetkazib berildi.

Beşinçi bosqiç: 30-31 iyul kunlari Andijon viloyatining Baliqçi, Andijon, Xöjaobod, Buloqboşi tumanlaridagi 41 ta masjidga jami hisobda 50 mln sömlik 1681 ta kitob yetkazib berildi.
Oltinçi bosqiç: 13-14 avgust kunlari Samarqand viloyatining Payariq va Pastdarğom tumanlaridagi 36 ta masjidga jami hisobda 40 mln sömlik 1260 ta kitob yetkazib berildi.
Yettinçi bosqiç: 22-23 avgust kunlari Namangan viloyatining Pop, Yangiqörğon va Uçqörğon tumanlaridagi 50 ta masjidga jami hisobda 65 mln sömlik 2300 ta kitob yetkazib berildi.

Sakkizinçi bosqiç: 11-12 sentabr kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz, Angor, Şerobod, Qiziriq, Boysun, Jarqörğon, Muzrabod va Qumqörğon tumanlaridagi 44 ta masjidga jami hisobda 50 mln sömlik 1848 ta kitob yetkazib berildi.
Töqqizinçi bosqiç: 7-8 oktabr kunlari Qaşqadaryo viloyatining Qarşi, Nişon, Kasbi va Mirişkor tumanlaridagi 43 ta masjidga jami hisobda 52 mln sömlik 2021 ta kitob yetkazib berildi.



Masjidlarga «Qur'oni karim», muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) mö'jizalari», «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning muborak vasiyatlari», «Oilada farzand tarbiyasi», «Söragan edingiz», şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Odoblar xazinasi» töplami, «Islom tarixi» töplami, «Hadis va hayot», «Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad sodiq», «Zikr ahlidan sörang», «Oltin silsila», «Iymon», «Oçiq xat» «Baxtiyor oila» kitoblari, şu bilan birgalikda masjid ahli uçun kerakli deb hisoblangan «Ökinma», «Yengil amallar», «Hanafiy fiqhidan savol-jaovblar», «Dunyo va din odobi», «Nurul basar» «Muhammad sollallohu alayhi vasallamning axloq odoblari» «40 farz» «Muhammad sollallohu alayhi vasallamning şakli şamoillari» «Til ofatlari», «Umrning bir lahzasi», «Baxtli hayot sari», «Ğiybat özi nima?», «Hazrati Nuhning kemasi va töfon voqeasi», «Muallimi soniy», «Men ham namoz öqiyman» kabi kitoblar Alloh yölida vaqf mulki qilib berilmoqda.
Öninçi bosqiç (Buxoro) uçun yiğilgan mablağ: 7 385 000 söm böldi.
Pul ötkaziş uçun plastik raqami:
8600 3104 5763 1232 (Bakiyev Hakim nomida)










