Özbekiston Respublikasi prezidentining «Özbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror matnida ötkir va murakkab kasalliklarni davolaşda xalq tabobati muhim ahamiyat kasb etadi, tabiblarning xizmatlariga aholining turli qatlamlarida katta ehtiyoj sezilayotgani qayd etilgan.

Şu bilan birga, uşbu sohadagi vaziyatning tahlili şuni körsatmoqdaki, xalq tabobati yönalişida körsatilayotgan tibbiy xizmatlarda nazoratning yetarli darajada emasligi, şuningdek, xalq tabobatining zamonaviy tibbiyot tizimida tutgan maqomi va roli xususida qator savollar yuzaga kelayotgani sanab ötilgan.

Prezident qarorida xalq tabobati faoliyatini tartibga soliş, töplangan tajriba va salohiyatdan samarali foydalaniş, uşbu sohadagi normativ-huquqiy bazani şakllantiriş hamda xalq tabobatining usullari va yutuqlaridan samarali va xavfsiz foydalaniş uçun şart-şaroit yaratiş maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:

  • xalq tabobati aholiga tibbiy yordam körsatişning qöşimça usuli sifatida e'tirof etiladi;
  • xalq tabobati usulida xizmat körsatiş böyiça faoliyatni litsenziyalaş tibbiy faoliyatni litsenziyalaş uçun belgilangan tartibda (tibbiy ta'lim ma'lumoti mavjudligi talabi bundan mustasno) amalga oşiriladi;
  • xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatuvçi şaxslar öz faoliyatining natijalari böyiça tibbiyot xodimlari uçun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hajmda javobgar hisoblanadilar;
  • tibbiy xizmat körsatişga nisbatan qöyilgan talablar xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatiş bilan şuğullanadigan şaxslarga ham tatbiq etiladi;

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi xalq tabobati usullarini qöllagan holda tibbiy faoliyatni amalga oşiriş uçun zarur bölgan talablarni, şuningdek, xizmat körsatiş hajmi va tartibini belgilovçi vakolatli organ hisoblanişi belgilab qöyilmoqda.

Qarorda xalq tabobatini rivojlantirişning asosiy yönalişlari belgilab berilgan. Jumladan, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatuvçi şaxslarning huquqiy maqomini va ular tomonidan körsatilgan xizmatlar oqibati uçun javobgarligini belgilaş; xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatuvçi taşkilotlar va mutaxassislar, ularning iş tajribasi, körsatadigan xizmat turlari haqidagi ma'lumotlarni öz içiga olgan yagona ma'lumotlar bazasini şakllantiriş; körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş hamda aholiga tibbiy xizmatdan foydalanişda ongli ravişda tanlaş imkoniyatini yaratiş uçun xalq tabobatining köp yillik könikmalari hamda amaliyotda tasdiqlangan ijobiy yutuqlarini zamonaviy tibbiyotga integratsiyalaş orqali uning salohiyatidan foydalaniş; xalq tabobati sohasida yetakçi mahalliy va çet el tibbiyot muassasalari hamda soğlomlaştiriş amaliyot markazlari bilan yaqin hamkorlik qiliş asosida xalq tabobati mutaxassislarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini yaratiş belgilanmoqda.

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi va Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasining taklifiga köra:

  • respublika tibbiyot oliy öquv yurtlarining «Davolaş işi», «Pediatriya işi», «Tibbiyot-pedagogika işi» bakalavriat yönalişlaridagi öquv dasturlariga xalq tabobati böyiça maxsus öquv siklini joriy etiladi;
  • Toşkent vraçlar malakasini oşiriş institutida xalq tabobati kafedrasi va «Xalq tabobati» yönalişi böyiça malaka oşiriş kursi taşkil qilinadi;
  • Soğliqni saqlaş vazirligi huzurida Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat körsatiş faoliyatini litsenziyalaş böyiça maxsus komissiya taşkil etiladi.

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi:

2018 yil 15 noyabrga qadar davlat ta'lim standartlarining talablari asosida xalq tabobati böyiça öquv dasturini hamda xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyatni amalga oşirişga möljallangan binolarning sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiyenik normativlarini işlab çiqadi va örnatilgan tartibda tasdiqlaydi;

2018 yil 1 dekabrga qadar xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyatni amalga oşirişda işlatiladigan asbob-uskunalar va boşqa texnik vositalar, şu jumladan, tibbiy texnikaga nisbatan minimal talablarni; Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat körsatiş tartibi va hajmlari töğrisidagi nizomni işlab çiqsin va örnatilgan tartibda tasdiqlaydi.