Qirğiziston mehnat va ijtimoiy rivojlaniş vaziri örinbosari Zuurakan Kadenova u samolyot ekipaji bilan janjallaşişi oqibatida xalqaro reysdan olingani haqida tarqalgan xabar ortidan lavozimidan böşatildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Kadenova “Eyr Astana” aviakompaniyasining Seul-Olmaota yönalişi böyiça parvoz qilişi kerak bölgan samolyotda janjal çiqargani haqida ma'lumot paydo bölgandi.
Guvohlarning ta'kidlaşiça, yuqori lavozimli amaldor bort kuzatuvçilar bilan janjallaşib, ularga diplomatik pasportini körsatgan. Oqibatda ekipaj sardori ayolni reysdan olişga qaror qilgan.
Ayni vaqtda Kadenova Seuldagi mehmonxonalardan birida qolmoqda. U keyingi reys bilan vataniga qaytarilişi kutilmoqda. Uşbu ayol Seulda Qirğizistonning rasmiy delegatsiyasi tarkibida bölgan.













