Qozoğiston içki işlar vazirligida Qozoğiston politsiyasi qanday özgarişi ma'lum qilindi.    

Vazirlik ma'lumotlariga köra, prezident ma'muriyati boşçiligida Qozoğiston politsiyasini modernizatsiyalaş böyiça yöl xaritasini işlab çiqiş boşlangan.

Içki işlar vazirligi xodimlar sonini optimallaştiriş, boşqaruv böğinlarini qisqartiriş, politsiyani unga xos bölmagan vazifalardan ozod etiş, jamiyatning işonç darajasi va aholida xavfsizlik hissini möljal olgan holda politsiyani baholaş mezonlarini tubdan özgartiriş rejalaştirilmoqda. 

Qozoğiston içki işlar vaziri Kalmuxanbet Qasimov aholi bilan işlaşning zamonaviy şakllari, xodimlarni tanlaş, joylaştiriş va xizmat böyiça kötariliş tizimidan tortib ust-boşning özgarişigaça masalalarni qamrab olgan politsiyaçining yangi standarti tasdiqlanişini ma'lum qilgan.  

Bundan taşqari, Qasimov jinoyatçilikka qarşi kuraş va viloyatlarda huquqbuzarlik profilaktikasi böyiça işni faollaştirişni topşirgan. Bunda asosiy e'tiborni jinoyatlarning katta qismini taşkil qiluvçi öğriliklarga qaratiş kerakligiga urğu berilgan.

Vazirlikda ma'lum qilinişiça, joriy yilning 9 oyi davomida jinoyatlar soni 9 foizga (20,7 mingtagaça) kamaygan. Bezorilik, öğrilik, bosqinçilik, yöltösarlik, jamoat joylari va köçalarda, mast holatda, avval sudlanganlar va baloğatga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni kamaygani qayd qilingan.