AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya oq fosfordan foydalangan holda Suriya hududiga zarba berdi. Bu modda xalqaro huquq bilan taqiqlangan, deya xabar bermoqda SANA öz manbalariga tayangan holda.

Xabar qilinişiça, Deyr-az-Zor viloyatidagi Hajin şahriga aviazarbalar berilgan.

Hozirgi paytda zarba oqibatida qurbon bölganlar yoki jabrlanganlar haqida heç qanday ma'lumot yöq.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Suriyada yana F-22 qiruvçilarini qöllaşi mumkin ekani xabar qilingandi.

The Drive xabariga köra, Suriyaga Rossiyada işlab çiqarilgan S-300 zenit raketa komplekslari topşirilganidan söng, Qöşma Ştatlar Suriya Arab Respublikasi hududidagi harbiy harakatlarda yana F-22 qiruvçilaridan foydalanişni boşlaşi mumkin.