BelaPAN tomonidan ötkazilgan milliy statistika organlari ma'lumoti tahliliga köra, töqqiz oy yakunlari böyiça Özbekistonda narxlar 8,1%ga oşdi.

Özbekiston 2018 yil yanvar-sentabr oylarida sobiq SSSR hududida iste'mol narxlari ösişi böyiça birinçi örinni egalladi. Şu bilan birga, Ukraina (5,6%) ikkinçi, Tojikiston (3,8%) uçinçi örindan joy oldi.

Belarus törtinçi örinni egalladi. Estoniya (3,6%), Qozoğiston (3,3%), Rossiya (2,5%), Latviya (2,4%), Litva (2%) va Gruziya (1%) keyingi poğonalardan örin oldi.

Ozarboyjon (0,1%), Moldova (0,4%), Armaniston (0,8%) va Qirğizistonda (1,1%) narxlar pasaygan.

Turkmanistonda joriy yilning birinçi yarmi böyiça ma'lumotlar e'lon qilindi (narxlar 8,9%ga kötarildi). Ozarboyjon, Gruziya va Estoniya körsatkiçlari BelaPAN tomonidan oylik ma'lumotlarga asoslangan.