Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Aqlli şahar» Kontseptsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi qaror loyihasi taqdim etildi.

«Mazkur Kontseptsiyaning maqsadi - Özbekistonda turmuş sifatini oşiriş hamda hozirgi va kelajak avlodning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va madaniy ehtiyojlarni qondirişni ta'minlaşga yönaltirilgan «Aqlli şahar» innovatsion texnologiyalarini tatbiq qiliş yöli orqali joylarda zamonaviy işlab çiqariş va muhandislik-kommunikatsion infratuzilmalar loyihalarini yaratişga doir asosiy yönalişlarni belgilab oliş», - deyiladi hujjatda.

«Aqlli şahar» innovatsion texnologiyalarini tatbiq qilişdagi asosiy yönalişlar quyidagilar:

«Aqlli transport» (Intellektual transport tizimi)

Intellektual transport tizimi - transport oqimi va yöl qoplamalari sifati nazoratini amalga oşiradi, köçalardagi axborot panellari hamda foydalanuvçilarning smartfonlarida yöllardagi vaziyatni aks ettiriş orqali transportlar harakatini optimallaştiradi, çorrahalarning yuklaniş darajasiga qarab svetoforlarning işlaşini boşqaradi, jamoatçilik transportining joylaşuv joyi va bekatga keliş vaqtini körsatadi, şuningdek tizim elektromobillar uçun zaryad stansiyalari infratuzilmasi, yölga taxminan qança vaqt ketişiga oid ma'lumotlar va köplab boşqa foydali funksiyalarga ega.

«Elektron militsiya»

Elektron militsiya - «elektron militsiya» pultiga qönğiroq qilinganda xaritada darhol qönğiroq qiluvçining joylaşuv manzili aks etadi, navbatçi monitorida esa xabarni röyxatdan ötkazuvçi, uni qayta işlovçi va tezkor çoralar köruvçi darça oçiladi. Bunday tizim, birinçidan, biror murojaatni e'tiborsiz qoldirmaydi, ikkinçidan, yovuz niyatli çaqiriqlarga qarşi faol kuraşadi.

Xavfsizlik quyi tizimi

Xavfsizlik quyi tizimi - videokuzatuv, videofiksatsiya va infratuzilma obektlari jismoniy xavfsizligi ta'minoti tizimlari; favqulodda operativ xizmatlar çaqiriğini ta'minlaş tizimlari; ogohlantiriş tizimlari; xavfsizlik tizimlarini boşqaruvçi dasturiy-qurilmaviy kompleks.

Xususan, bu tizim elektron militsiya xizmati bilan birga işlaşga asoslangan, biroq u boşqa barça favqulodda xizmatlar - tez tibbiy yordam, öt öçiruvçilar, gazçi va energetiklar bilan ham muvofiqlaşadi. Buning uçun Yagona jamoa yoki vaziyat markazidan foydalaniladi.

Elektron ta'lim

Elektron ta'lim - odatiy «masofaviy ta'lim»dan köproq funksiyalarni öz içiga oladi va aholi (öquvçilar, talabalar, doktorantlar va b.)ga uydan çiqmagan holda ma'ruzalarni tinglaşga yordam beradi. Aqlli şaharlar uçun ta'lim sohasidagi yangi texnologiyalar mazkur sohani rivojlantirişga oid asosiy tendensiyalar, onlayn- va oflayn-uslublar integratsiyasi, adaptiv va mobil ta'lim texnologiyalari rivoji kabilarni aks ettiruvçi innovatsion qarorlar töplamini özida jamlaydi. Onlayn ta'lim platformalari va ommaviy oçiq onlayn kurslari, ilğor vizualizatsiya, töldirilgan va virtual reallik texnologiyalari va boşqalardan iborat.

Yangi texnologiyalar ta'lim berilayotgan kişining ehtiyojlarini inobatga oliş va personallaştirilgan ta'lim trayektoriyalarini yaratiş, şuningdek zarur bilimlar kölamini kengaytiriş, ta'lim jarayonini vizuallaştiriş va detallaştiriş imkonini beradi. Bularning bari ta'lim jarayoni samaradorligini oşirişga va kelgusida şahar ekotizimini rivojlantirişda bevosita iştirok etişga olib keladi.

Elektron soğliqni saqlaş tizimi

Elektron soğliqni saqlaş tizimi barça tibbiyot muassasalari yagona standartlar böyiça işlovçi markazlaştirilgan tizim sifatida tuşuniladi. Bu tizim aholiga tibbiy yordam körsatişdagi axborot ta'minotining töliq siklini (bemorning elektron tibbiy kartasi, elektron retseptlar, dispanserizatsiya, homiladorlarni röyxatga oliş va h.k.) avtomatlaştiradi.

Bundan taşqari, elektron soğliqni saqlaş tizimi bemorlarning yagona elektron bazasini öz içiga oladi. Bu baza yordamida şifokorlar aholi tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan taqdirda, tezkorlik bilan anamnez, ilgari olingan tahlillar natijalari, davolaş muolajalari bilan tanişiş imkoniga ega bölişadi.

Mavjudlik effektini hosil qiluvçi videokonferensiya tizimi mutaxassislar konsiliumini ötkaziş, MRT va rentgenografiya natijalarini detallarda körib çiqiş hamda operatsiyani masofadan yuqori malakali jarroh rahbarligi ostida bajarişga yordam beradi

Aqlli energetika

Aqlli energetika - bu avtomatlaştirilgan intellektual energiya tarmoği va moslaşuvçan taqsimlaş tizimi; intellektual hisoblaş va talabni tartibga soliş tizimi; qayta tiklanuvçi energiya manbalarini tatbiq qiliş; energosamarador binolar va inşootlar.

Suv ta'minoti

Suv ta'minoti va drenaj - onlayn gidravlik modellar bazasida suv ta'minotini boşqariş, avtomatlaştirilgan suv tösiği, drenaj va taqsimlaş, xavfsizlik va nazorat tizimlarini integratsiya qiliş, sel oqimlari va suv toşqinlaridan ogohlantiriş tizimlarini boşqariş.

Aqlli uy-joy va kommunal xöjaligi

Aqlli uy-joy va kommunal xöjaligi — bu «Aqlli şahar» Kontseptsiyasini rivojlantiriş yönalişlaridan biri. Mazkur yönalişdagi tizimlarni qöllaş spektriga binolar işini nazorat qiliş, issiqlik va konditsioner tizimlari faoliyatini avtomatik ravişda boşqariş, kun qismiga qarab köça va yölaklar yoruğlik intensivligini tartibga soliş, energoresurslarni hisoblaş tizimlari, çiqindi baklarining samarali xizmat körsatişi kiradi.

Hujjat loyihasida barqaror innovatsion rivojlaniş maqsadlaridagi Kontseptsiyani amalga oşirişda alohida hududlarda tört bosqiçli modeldan foydalaniş tavsiya qilinmoqda:

1-bosqiç. Bazaviy liniyani aniqlaş - hudud profilini şakllantiriş, mavjud infratuzilmani baholaş, rivojlaniş indikatorlarini aniqlaş, aktivlar, çaqiriqlar va muvaffaqiyat tarixlarini tahlil qiliş.

2-bosqiç. «Aqlli şahar» Kontseptsiyasini tatbiq qiliş strategiyasini işlab çiqiş - manfaatdor tomonlarni jalb qiliş, çora-tadbirlar va rejalar yönalişlarini aniqlaş, xavf omillarini baholaş, moliyaviy strategiyani şakllantiriş, samaradorlik va maqsadlarning asosiy körsatkiçlarini aniqlaş.

3-bosqiç. Batafsil rejalaştiriş - byudjyetlaştiriş, samaradorlik prognozi, avtomatlaştiriş va axborot tizimlarini tatbiq etiş imkoniyatlarini aniqlaş.

4-bosqiç. Samaradorlikni tatbiq qiliş va baholaş - birgalikda tatbiq qiliş (barça manfaatdor tomonlar bilan birga), samaradorlik monitoringi, baholaş va qayta baholaş (KPI'ni kuzatiş, trendlar va investitsion parametrlar tahlili), ekspansiyani ta'minlaş.

Ta'kidlanişiça, «Aqlli şahar» konsepsiyasini amalga oşiriş yakunlariga köra quyidagi natijalarga erişiladi:

- aholi jon boşiga korxonalar sonining oşişi va şahar aholisi (jumladan, yoşlar) orasida işsizlik darajasining pasayişi;

- ta'limning barça şakllari tatbiq etilişi va malaka oşiriş (jumladan, Internet tarmoği orqali) hisobiga şahar aholisining bilim darajasi ösişi;

- innovatsion kommunikatsiya texnologiyalarini qöllaş orqali aholining şahar xizmatlari va davlat organlari bilan özaro aloqasini faollaştiriş;

- aholi jon boşiga energiya sarfini pasaytiriş va elektr energiya yetkazişdagi uzilişlar sonini qisqartiriş;

- içimlik suvi sifat körsatkiçlarini yaxşilaş, suv yöqotiş va suv ta'minotidagi uzilişlarni kamaytiriş, suv tozalaş sifatini oşiriş va qattiq çiqindilar utilizatsiyasini yaxşilaş;

- şahar aholisiga xizmat körsatişdagi xarajatlarni kamaytiriş va aholining körsatilayotgan xizmatlar uçun qarzdorlikni qisqartiriş;

- jamoatçilik transportining qamrov xususiyatini oşiriş va YTHda halok böluvçilar sonini qisqartiriş;

- favqulodda vaziyatlar va qoidabuzarliklarda javob beriş vaqtini qisqartiriş, jinoyatçilik va jabrlanganlar sonini kamaytiriş;

- boşpanasiz va belgilangan me'yorlardan past darajadagi şaroitlarda yaşovçi kişilar sonini qisqartiriş;

- yaşil zonalar va ommaviy dam oliş maydonlari kölamini oşiriş;

- atmosferadagi zararli moddalar va şovqin darajasini kamaytiriş;

- aholi orasida tibbiy personal uluşi - hamyonboplik, tezkorlik va tibbiy yordam körsatiş sifatini oşiriş hisobiga örtaça umr körsatkiçlarini oşiriş.

Şuningdek Özbekistonda «Aqlli şahar» madaniyatini şakllantiriş va aqlli iqtisodiyot uçun kadrlar tayyorlanişi kutilmoqda.

Ta'kidlaş joizki, ayni damda mazkur hujjat loyihasi muhokama bosqiçida. Unga özgartirişlar kiritilişi mumkinligi bilan bir qatorda bekor qilinişi ham mumkin.

Hujjatning töliq matni bilan tanişing.