Joriy yilning sentabr oyida KUN.UZ tahririyatining “Oçiq muloqot” loyihasi doirasida Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri Muzaffar Saliyev bilan sohaga doir muammolar, ularning yeçimi borasida olib borilayotgan işlar va kelgusidagi rejalar haqida suhbat bölib ötgan edi.
Uşbu suhbat oldidan fuqarolarga sohaga oid murojaatlari bölsa yuborişlari, uşbu murojaatlar vazirning şaxsan öziga topşirilişi haqida ma'lum qilingan edi. Şundan söng, ayrim fuqarolar mazkur soha böyiça özlarida mavjud muammolar körsatilgan maktublar yöllay boşlaşdi. Toşkent şahar, Yaşnobod tumani, Farğona yöli köçasi, 13/19-uy fuqarolari nomidan kelgan murojaatda mazkur hududdagi köp qavatli turar-joylarda issiq suv yöqligi, bu aholi turmuşi tarzi uçun katta muammolar keltirib çiqarayotgani, mutasaddi taşkilotlarga qilingan murojaatlar besamar ketayotgani tilga olingan.

Mazkur masalaga vazirlik öz e'tiborini qaratdi, jumladan, quyidagi çora-tadbirlar amalga oşirildi. Bu haqda taqdim etilgan ma'lumotda şunday deyiladi:
“Yaşnobod tumani, Farğona yöli, 13/19 va 13/20–sonli köp qavatli uylar 2017 yilga qadar “Özbekiston temir yöllari” AJga qaraşli “Toşkent mintaqaviy temir yöl uzeliga qaraşli suv ta'minoti va binolarni saqlaş distansiyasi” tasarrufida bölgan qozonxona, Toşkent şahar hokimining 2017 yil 27 iyundagi 816-sonli qarori bilan örnatilgan tartibda “Toşissiqquvvati” DUKka topşirilişi lozim bölgan. Ammo örnatilgan qozonxonadagi qozonlar kölbola va heç qaysi texnik talablarga javob bermaganligi va faqat qiş mavsumida xonadonlarni isitiş uçun möljallangan bölganligi, şuningdek, energoresurslarni hisobga oliş uskunalari bölmaganligi sababli qozonxona qabul qilinmagan. Barça amalga oşirilişi lozim bölgan işlar böyiça talablar “Toşkent mintaqaviy temir yöl uzeli” rahbariyatiga qiritilgan. Biroq bugungi kunga qadar uşbu kamçiliklar bartaraf etilmagan.

2018-2019 yillar kuz-qiş mavsumida Yaşnobod tumani, Farğona yöli, 13/19 va 13/20–sonli köp qavatli uylarda yaşovçi fuqarolarni uzluksiz issiqlik enregiyasi bilan ta'minlaş maqsadida hamda kun.uz saytiga qilingan murojaatni inobatga olgan holda vazirlik tomonidan “Toşissiqquvvati” DUKka joriy yil issiqlik ta'minoti mavsumi boşlangunga qadar aniq çora-tadbirlar belgilab, aholini issiqlik energiyasi bilan ta'minlaş böyiça 2018 yil 7 sentabrdagi 05/01-3026-sonli körsatma berildi va amalga oşirilayotgan işlar vazirlik tomonidan nazoratga olindi. Bugungi kunda talablarga javob beradigan qozon örnatilib, gaz quvurlarini ulaş işlari amalga oşirilmoqda.

Bu borada Farğona yöli 13/19 va 13/20–sonli köp qavatli uylarda istiqomat qiluvçi aholi bilan tuşuntiriş işlari amalga oşirildi”.

KUN.UZ’ga ma'lum bölişiça, haqiqatan ham “Toşissiqquvvati” DUK işçi-xodimlari mazkur manzilga qozonxonalar olib kelib tuşirişgan. Endilikda muhandislar yordamida ularni örnatiş işlari olib borilmoqda.
Navbatdagi murojaatda şunday deyiladi:
“Assalomu alaykum. Men Jizzax viloyati, Ş.Raşidov tumani, “Kuyovboşi” mahallasida yaşayman. Mahallamiz bu yili “Obod qişloq” dasturiga kiritilgan va mahallamizda içimlik suvini yaxşilaş böyiça barça işlar qilindi. Lekin suvni har bir uyga montaj qilişda hamma öz uyiga özi montaj qilib olib kirdi. Şuning uçun köp joylardan suv çiqib yotibdi. Kranlarda suv nomiga çiqadi. Savolim: Şunça iş böldi, rahmat, lekin uylarga kiradigan suvni özlari montaj qilsa bölmasmidi? Şunça iş bölganidan söng ham kranlarda suv jildirab çiqadimi?”.

Mazkur masala vazirlikning Jizzax viloyat “Suvoqova” davlat unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan örganib çiqilgan. Kamçiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etiş yuzasidan tegişli çoralar körilgan - suv çiqib yotgan quvurlar ta'mirlanib, suv bosimi oşirilgan.


“Mazkur hududda bugungi kunda “Obod qişloq” dasturiga asosan 5,7 km içimlik suvi tarmoqlarida quriliş işlari yakunlangan va foydalanişga topşirilgan. Işlab çiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan suv quvurlari va tarmoqlarining qurilişi iste'molçilarni yaşaş köçasigaça olib kirilişi nazarda tutilgan. Har bir xonadonga içimlik suvi quvurini ulab beriş esa xonadon egalari özlari amalga oşirişi belgilangan. Bu borada xonadon egalariga “Suvoqova” DUK mutaxassislari tomonidan amaliy yordam körsatilmoqda”, deyiladi vazirlik tomonidan taqdim etilgan ma'lumotda.










