Özbekiston şaharlarida 1-noyabrdan boşlab issiqlik taʼminoti va issiq suv tariflari kötarilişi mumkin. Xususan, Toşkent şahrida tariflarni 30 foizga oşiriş taklif etilyapti. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilingan.

Poytaxt Toşkentda issiqlik tariflari oxirgi yillarda bir neça bor sezilarli oşdi va rasmiylar tannarxni qoplaş uçun kelgusi yillarda ham tariflar ösişini istisno qilmayapti. Şunday ekan, markazlaşgan tarmoqqa ulangan isteʼmolçilar tarmoqdan ixtiyoriy ravişda voz keçib, xonadon içida issiqlik va issiq suvni nisbatan kamroq xarajat evaziga taʼminlab beruvçi ikki konturli individual gaz qozonlaridan foydalanişga ötişi mumkinmi?

Kun.uz muxbirining bu savoliga 15-oktabr kungi matbuot anjumanida quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri örinbosari Ozoda Jörayeva “yöq” deb javob berdi.

“Markazlaşgan issiqlik energiyasi bilan taʼminlangan köp kvartirali uylarni markazlaşgan issiqlik tizimidan uziş taqiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-iyuldagi 194-sonli qarori 88-bandiga muvofiq, uy içi isitiş quvurlarini özboşimçalik bilan özgartiriş, demontaj qiliş qatʼiyan taqiqlanadi.

Hozir köryapmiz, aholimiz isitişda muammolar bor deb çiqyapti, lekin xonadonlarni uyma-uy kirib körganimizda markazlaşgan issiqlik tizimiga quvurlarni noqonuniy ulab oliş holatlari: issiq pol qilib özgartiriş, xonadonning balkonini ham isitiş tarmoği bilan qamrab oliş holatlari uçrayapti. Bu – qöşnilarga juda katta taʼsir qiladi va isitiş tizimi buzilişiga olib keladi”, – dedi vazir örinbosari.

Ozoda Jörayevaning qöşimça qilişiça, Vazirlar Mahkamasining 265-son bayoniga asosan, 2022-yil 1-dekabrdan boşlab yangi qurilayotgan köp kvartirali uylarni gaz tarmoğiga ulaş töxtatilyapti. “Bundan keyin gazni iqtisod qiliş maqsadida uylar faqat elektr taʼminoti bilan taʼminlanadi”, dedi u.

Quriliş vazirligi 2025-yil yanvarida Kun.uz'ga bergan izohida bundan buyon yangi quriladigan köp qavatli uylarning barçasi yo hududda mavjud markazlaşgan qozonxonaga ulanişi, yoki alohida yangi qozonxonalar qurilişini maʼlum qilgandi.