Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi 380 ming dollar mablağni öğirlaşda gumonlanayotgan mamlakatning Özbekistondagi elçisiga qöyilgan ayblovlarni izohladi.
Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Oybek Smadiyorovning sözlariga köra, Qozoğistonning Özbekistondagi elçisi böyiça masala vazirlik sobiq mas'ul kotibi Anarbek Karaşevga nisbatan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari doirasida kötarildi.

Foto: kp.kz
«Bizning prinsipial pozitsiya şundan iboratki, biz har qanday moliyaviy qonunbuzarliklarni aniqlaşimiz va oldini olişimiz kerak. Vazirlik tergov organlariga barça tomonlama kömak körsatmoqda», - deya xabar berdi u.
Avvalroq, Qozoğistonning korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy byurosi tomonidan Qozoğistonning Özbekistondagi elçisi yirik miqdorda byudjyet mablağlarini öğirlagani aniqlangani xabar berilgandi.

Foto: Xalqaro press-klub
Qozoğistonning korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy byurosi tomonidan Qozoğistonning Özbekistondagi elçisi Yerik Utembayev yirik miqdorda byudjyet mablağlarini öğirlagani aniqlandi. U mas'uliyatli davlat lavozimini egallagan holda Qozoğistonning Özbekistondagi elçixonasi ma'muriy binosi qurilişi böyiça bajarilgan işlar haqidagi soxta dalolatnomani imzolagan. Uning noqonuniy harakatlaridan körilgan zarar 140 mln tengedan (378,2 ming dollar) oşib ketgan.











