Pentagon vakili Şon Robertsonning ma'lum qilişiça, AQŞ Suriyadagi Dayr-az-Zor viloyati yonida joylaşgan lagerda amerikaliklar garovga olingani haqidagi ma'lumotga ega emas. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning qöşimça qilişiça, Pentagonga ham köp sonli garovga olinganlar haqida ma'lumot kelib tuşmagan. Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin IŞID terrorçilari tomonidan asirga olingan 700 kişi haqida ma'lum qilgandi, ular orasida Yevropa mamlakatlari va AQŞ fuqarolari ham borligi iddao qilinadi.

«Ötgan hafta Dayr-az-Zor yaqiniga köçirilgan odamlarning lageriga hujum amalga oşgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladik. Biroq, bizda prezident Putin bildirganidek, köp sonli garovga olinganlar haqidagi ma'lumot yöq. Bu axborotning haqiqiyligiga şubha bilan qarayapmiz. Şuningdek, biz AQŞ fuqarolari öşa lagerda bor yoki yöqligini aniq bilmaymiz», - dedi Robertson.

U Rossiya tomonining Suriyada AQŞ boşçiligidagi koalitsiya harakatlari samarasiz bölganiga doir bayonotlariga qöşilmadi. Uning bildirişiça, «koalitsiya avval IŞID tomonidan nazorat qilingan hududlarning 99 foizidan köpini ozod qildi».

Eslatib ötamiz, avvalroq OAV AQŞ Suriyadagi harbiy missiyada nimaga e'tibor qaratişini ma'lum qilgandi.