Turkiya prezidenti Rajab Tayib Erdöğan Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasida saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi böyiça tergov tafsilotlarini 23 oktabr kuni ma'lum qilişini bildirdi.

«Men Adolat va taraqqiyot partiyasining parlament fraksiyasi majlisida Jamol Qoşiqçi işi haqida ma'lumot beraman», - dedi u.

Turkiya prezidenti nima sababdan 2 oktabr kuni Turkiyaga Ar-Riyoddan 15 kişidan iborat guruh kelgani borasida savol taşladi. 

«Yana bir narsa qiziq, Saudiya Arabistoni hukumati hodisani suriştiriş doirasida 18 kişini nimaga asoslanib hibsga oldi? Bu savollarning barçasi izoh talab qiladi», - dedi Erdöğan.

Avvalroq Yevropa davlatlari Saudiya Arabistonidan jurnalistning ölimi böyiça izoh talab qilgandi.