Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasidan olingan ma'lumotga asosan, joriy yilning 22 oktabr kuni soat 12:00larda Jondor tumani Gazli hududidan ötuvçi A-380 avtomobil yölining 333-km.da harakatlanib ketayotgan «Lasetti» rusumli avtomobil boşqaruvni yöqotgan.

FVV xabarida aytilişiça, u şu yönalişda harakatlanib ketayotgan «Isuzu» yuk maşinasining orqa tomoniga kelib urilgan. 

Töqnaşuv natijasida «Lasetti» avtomobilida yonğin çiqib, maşina içidagi 4 nafar fuqaro vafot etgan.

Sodir bölgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekşiruv işlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qoraqalpoğistondagi YTH natijasida 5 nafar fuqaro vafot etgani va 5 nafar fuqaro tan jarohati olgani xabar berilgandi.