Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktabrdagi 840-sonli qaroriga muvofiq,  hukumatning ba'zi qarorlariga özgartiriş va tuzatişlar kiritildi. Unga köra, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 iyundagi 3782-sonli "Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta'minlaşni rağbatlantirişning taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida"gi qaroriga muvofiq quyidagi alohida toifadagi tadbirkorlik sub'yektlariga davlat mulki obekti uçun ijara tölovi uşbu obektga nisbatan eng kam ijara tölovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi:

  • hisobot davrining yakuni böyiça işlab çiqaradigan mahsulotlarini sotişdan tuşgan tuşumining umumiy hajmining kamida 30 foizini nogironligi bölgan şaxslar uçun protez-ortopediya buyumlari va inventarlar işlab çiqariş, ularga ortopedik protezlaş, protez-ortopediya buyumlari va inventarlarini ta'mirlaş xizmatlari körsatişdan tuşgan tuşum taşkil etgan tadbirkorlik sub'yekti;
  • hisobot davrining yakuni böyiça işlab çiqaradigan mahsulotlarini sotişdan tuşgan tuşumning umumiy hajmida kamida 20 foizini Brayl alifboli kitob va boşqa bosma materiallar, imkoniyati çeklangan bolalarga öquv va badiiy adabiyotlarni çop etiş, işora tilini qöllagan holda audio kitob hamda video materiallar işlaşdan tuşgan tuşum taşkil etgan tadbirkorlik sub'yekti;
  • mehnat şartnomasi asosida işlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini nogironligi bölgan şaxslar, 16 yoşga tölmagan bolalari yoki nogironligi bölgan bolalari bor yolğiz şaxslar, jazoni ijro etuvçi muassasalardan ozod etilgan şaxslar, odam savdosi qurbonlari, öqişni tugatgan kundan boşlab uç yil ötmagan umumiy örta, örta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvçilari, mehribonlik uylarining 30 yoşga yetmagan bitiruvçilari taşkil etgan tadbirkorlik sub'yekti.

Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 oktabrdagi 279-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Davlat mulki obektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinişi şarti bilan "nol" xarid qiymati böyiça sotiş tartibi töğrisida"gi nizom 29-bandi tahrir qilindi. Unga köra, investitsiya majburiyatlari miqdori böyiça ham, ijtimoiy majburiyatlar böyiça ham ikki va undan köp tanlov takliflari teng bölgan taqdirda, Özbekiston Prezidentining "Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta'minlaşni rağbatlantirişning taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida"gi 3782-sonli qaroriga muvofiq, alohida toifaga kiritilgan tadbirkorlik sub'yekti ustun huquqqa ega böladi, u bölmagan taqdirda esa - taklifini olgan hududiy tanlov komissiyasi röyxatidan ötkazgan qatnaşçi ğolib deya e'tirof etiladi.

Bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasining "Mikrofirmalar va kiçik korxonalar tomonidan yagona ijtimoiy tölovni hisoblaş va tölaş tartibi töğrisida"gi 2015 yil 13 fevraldagi 26-sonli qaroriga yana bir band qöşildi. Unga köra, ştatdagi xodimlarining 50 foizi nogironligi bölgan şaxslardan taşkil topgan jamoat birlaşmalari korxonalari jami xodimlarning mehnatiga haq tölaş fondi uçun yagona ijtimoiy tölov stavkasi 4,7 foiz miqdorida belgilanadi va yagona ijtimoiy tölov summasi belgilangan tartibda taqsimlanadi.