Qonunçilikda belgilangan tartibga muvofiq, nodavlat teatr va teatr-studiyalar tomonidan har yili 50 ta sahna asarini yaratiş bilan boğliq xarajatlar byudjet mablağlari hisobidan qoplanadi.

Şuningdek, ularning xususiy binolarni ijaraga oliş xarajatlarining har oyda bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravarigaça bölgan qismi ham davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Bundan taşqari, davlat madaniyat obyektlari böş vaqtlarida nodavlat teatr va teatr-studiyalarga spektakllarni namoyiş etiş uçun ijara tölovisiz foydalanişga beriladi.

Agar muayyan tomoşa zalidan foydalaniş uçun ikki yoki undan ortiq nodavlat teatr yoki teatr-studiya talabgor bölsa, ular örtasida tanlov ötkaziladi.

Mazkur tartib nodavlat teatrlar faoliyatini qöllab-quvvatlaş, yangi sahna asarlari yaratilişini rağbatlantiriş va ularning spektakllar namoyiş etişi uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişga qaratilgan.