Özbekistonda ijara munosabatlarini takomillaştiriş yuzasidan qonun loyihasi işlab çiqiladi.
Prezident farmoniga asosan, loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:
- ijaraga olingan yer maydonlarini ikkilamçi ijaraga beriş huquqini joriy etiş;
- auksion orqali ijaraga olingan yer maydonlarini boşqa tadbirkorlarga ikkilamçi ijaraga beriş imkoniyatini taqdim etiş;
- köçma savdo obyektlarini joylaştirişga ruxsat beriş;
- tadbirkorlik faoliyati uçun köçmas mulk ijarasi böyiça “tijorat ijarasi” toifasini joriy etiş va uning tavsiya etiladigan namunaviy şartnomasini işlab çiqiş;
- bir yildan kam bölmagan muddatga tuzilgan ijara şartnomalarini davlat röyxatidan ötkaziş talabini bekor qiliş, bunda ularni soliq organlarida hisobga qöyiş tartibini saqlab qoliş hamda ijara.soliq.uz va kadastr axborot tizimlarini integratsiya qiliş orqali avtomatik hisobga olişni joriy etiş;
- şartnoma amal qilayotgan davrda ijara haqini özgartirişni tomonlarning kelişuvi yoki şartnomada belgilangan indeksatsiya mexanizmi asosida amalga oşiriş;
- obyekt sotilganda yangi mulkdorning amaldagi tijorat ijarasi şartnomasi böyiça ijaraga beruvçining huquq va majburiyatlarini avtomatik qabul qilişini belgilaş;
- ijaraçi tomonidan obyektga kiritilgan investitsiyalarni qoplaşning huquqiy kafolatlarini kuçaytiriş.
Eslatib ötamiz, tijorat ijarasiga oid huquqiy mexanizmlarni takomillaştiriş taklifini davlat rahbari bilan uçraşuvda Korzinka supermarketlar tarmoği asosçisi Zafar Hoşimov ilgari surgan edi.
Prezidentning yuqoridagi farmoni ana öşa uçraşuv yakunlariga köra qabul qilingan. Unda körsatib ötilgan ijara munosabatlariga oid qonun loyihasi 2026-yil oktabr oyi oxiriga qadar işlab çiqilişi kerak.
Farmonda nazarda tutilgan boşqa bir qonun loyihasiga binoan, yuridik şaxsning jismoniy şaxs bölgan taʼsisçisi tomonidan uşbu yuridik şaxsga ijaraga yoki tekin foydalanişga berilgan köçmas mulk obyektlariga nisbatan ijara tölovining eng kam miqdori qöllanmaydi.
Eslatib ötamiz, may oyida qabul qilingan boşqa bir farmonga binoan, 2027-yil 1-yanvardan boşlab Toşkent şahridan boşqa hududlarda jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga umumiy maydoni 1000 metr kvadratdan köp bölgan mol-mulk ijaraga berilganda, soliq soliş maqsadida ijara tölovining eng kam stavkalari qöllanmasligi

















