Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi hamda Avstriyaning Vena tibbiyot Instituti hamkorligida joriy yilning 22 oktabr kuni InnoWeek xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida yurtimizda ilk bora Toşkent şahrida 2 ta eng sönggi avlod VPPS 2010 ekologik gulçangi qopqonlari örnatilgani munosabati bilan taqdimot bölib ötdi. Bu haqda Innovatsion rivojlaniş vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Innovatsion rivojlaniş vazirligi

«Endi poytaxt aholisida mavsumiy allergiyalarni nazoratga oliş imkoniyati paydo böladi. Bunda hozirça poytaxtning ikki nuqtasiga örnatilgan gulçangi monitoringi stansiyalari yordam beradi. Ayni kunlarda Mirzo-Uluğbek tumanida joylaşgan Doktor Maksudova innovatsion klinikasi hamda Olmazor tumanidagi Ilğor texnologiyalar markaziga örnatilgan gulçangi qopqonlari gullagan ösimliklarning çanglariga bölgan allergiyani nazorat qiliş imkonini beradi», - deyiladi xabarda.

Foto: Innovatsion rivojlaniş vazirligi

Ta'kidlaş joizki, bugungi kunda dunyo aholisining 20 foizi allergiyadan aziyat çekadi. Bu turli körinişlarda – tumov, kon'yunktivit, teri qiçişişi va qizarişi, hatto, bronxial astma körinişida namoyon bölişi mumkin. Hozirgaça aholimiz havo çanglanganini allergiya alomatlari paydo bölganidan keyingina bilib olardi. Gulçangi monitoringi esa allergiya mavsumining boşlanişini oldindan aytib beriş, bu esa öz navbatida kasallik rivojlanişining alomatlari keskinlaşişining oldini oliş imkonini yaratadi.

Foto: Innovatsion rivojlaniş vazirligi

Ta'kidlanişiça, gulçangi qopqonlarida yiğilgan çanglar laboratoriya şaroitida kuçli mikroskoplar orqali tekşiriladi va tekşiruv natijalari öpkamizga tuşişi mumkin bölgan çanglar haqida töliq tasavvur beradi. Tahlillar natijalari 2019 yildan boşlab, Innovatsion rivojlaniş vazirligining rasmiy saytida e'lon qilib boriladi.

Nazvaniye

Allergolog-şifokorlarning fikriça, aynan ma'lum mavsumlarda şifokorlarga murojaat qiladigan bemorlarning aksariyati allergiyadan aziyat çekadilar. Gulçangi qopqonlari yordamida olingan ma'lumotlar orqali şifokorlar mavjud allergenlar doirasini toraytirişi mumkin, bu esa öz navbatida tekşiruvlarga kamroq vaqt va mablağ sarflanişiga, tez va aniq taşxis qöyilişiga olib keladi.