Çangyutgiçlar işlab çiqaruvçi Dyson britan kompaniyasi Singapurda elektrokarlar işlab çiqaruvçi zavod qurmoqçi. Zavod 2019 yil dekabrdan qurila boşlanadi, maşinalarni yiğişni 2021 yildan boşlaş rejalaştirilgan. 

Kompaniya rahbariyatining ma'lum qilişiça, Singapurda zavod oçiş qarori yuqori malakali mutaxassislar, ehtiyot qismlar yetkazib beruvçi köplab hududiy kompaniyalar mavjudligi va kompaniya uçun muhim bozorlarning yaqinligi bilan asoslangan. 

Avgust oxirida Dyson Xallavingtondagi parvoz maydonida joylaşgan texnologik majmuasini kengaytirişga 200 mln funt sterling ajratişi ma'lum bölgan. Bu yerda elektromobil işlab çiqarişga javob beruvçi mutaxassislar iş olib bormoqda.

Kompaniya öz elektrokarini işlab çiqariş rejasi haqida 2017 yil bölişgan. Kompaniya maşinalar va akkumulyatorlarni işlab çiqarişga 2 mlrd dollar ajratadi.