Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 sentabrdagi tegişli qaroriga muvofiq, tibbiyot taşkilotlarida dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlaş tartibi belgilandi. Unga köra, yangi tizim 2025 yil 10 dekabrdan faqat Toşkent şahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oşirilayotgan 15 ta tuman (şahar)da yölga qöyildi.
Ayni paytda uşbu mexanizm yuzasidan jamoatçilikda köplab savollar tuğilmoqda.
Şundan kelib çiqib, Soğliqni saqlaş vazirligi işçi guruhi aholini qiziqtirayotgan savollarga javoblarni taqdim etdi.
Savol: Bugungi kunda «Elektron retsept» tizimiga neçta tibbiyot taşkiloti va dorixona ulangan?
Javob: Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasiga qaraşli jami 152 ta davlat tibbiyot taşkiloti va 1 496 ta dorixonaning barçasi töliq «Elektron retsept» tizimiga ulangan. Hozirça poytaxtdagi mavjud 1 945 ta xususiy tibbiyot taşkilotidan 796 tasi (41 foiz) uşbu tizimga integratsiya qilingan.
Tajriba-sinov loyihasi amalga oşirilayotgan 15 ta hududda (Asaka, Ğijduvon, Ğallaorol, Çortoq, Kitob, Xatirçi, Denov, Bulunğur, Iştixon, Şovot, Çimboy, Quva, Sirdaryo tumanlari hamda Yangiyöl, Samarqand şaharlari) jami 383 ta davlat tibbiyot taşkiloti va 1 319 ta dorixonaning barçasi, mavjud 858 ta xususiy tibbiyot taşkilotidan 547 tasi (64 foiz) uşbu tizimga ulangan.
Mazkur hududlardagi qolgan xususiy klinikalar esa retsept yozilmasligi, faoliyati töxtatilgani kabi sabablar bilan tizimga ulanmagan.
Savol: Yangi tizim joriy qilingan hududlardagi xususiy klinikaga murojaat qilgan bemor retseptni qanday oladi?
Javob: Bu holatda bemorlar özi biriktirilgan oilaviy poliklinika va oilaviy şifokorga yoki şoşilinç tibbiyot muassasalariga murojaat qilişlari mumkin.
Savol: Hozir retseptli dorilarning neça foizi elektron şaklda beriladi?












