Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligining “Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga öqişga kiruvçi nomzodlarning dastlabki tanlaş tadbirlarini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga öqişga kiruvçi nomzodlarning dastlabki tanlaş tadbirlarini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga köra, öqişga kiriş uçun arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1 fevralidan 1 apreliga qadar qabul qilinadi.
Institutga öqişga kirişni xohlagan nomzodlar tomonidan mudofaa işlari böyiça bölimlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza (bildirgi);
pasport nusxasi;
tuğilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
çaqiriluvçining qayd etilganligi töğrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
nomzod tomonidan qölda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa;
öqiş, iş, xizmat ötaş joyidan (agar öqiyotgan, işlayotgan, xizmatni ötayotgan bölsa) tavsifnoma;
ota-onasining iş joyidan ma'lumotnoma (agar işlayotgan bölsa);
ma'lumoti töğrisidagi (umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarçasi (baholar tabeli) nusxasi;
oliy harbiy ta'lim muassasalariga öqişga kirişda imtiyozlardan foydalaniş huquqini tasdiqlovçi hujjatlar (asli va nusxasi);
yaqin qarindoşlar orasida vafot etganlar bölsa, ularning ölimi haqida guvohnomaning nusxasi;
3 x 4 sm ölçamdagi 6 ta fotosurat (boş kiyimsiz va burçaksiz) hamda 4,5 x 6 sm ölçamdagi 4 ta fotosurat (boş kiyimsiz);
nomzodning yaşaş joyidagi hududiy içki işlar organidan jinoiy javobgarlikka tortilmaganligi va sudlanmaganligi töğrisidagi ma'lumotnoma (kontrakt böyiça harbiy xizmatçilar mazkur ma'lumotnomani taqdim qilişi talab etilmaydi).

Dastlabki tanlaş davomida quyidagi tadbirlar taşkil etiladi va ötkaziladi:

hujjatlarni töplaş va örganiş;
yakka tartibda suhbatlaşiş;
individual-psixologik örganiş;
umumjismoniy tayyorgarlik körganligini baholaş;
tibbiy körikdan ötkaziş.

Dastlabki tanlaş tadbirlari ikki bosqiçda ötkaziladi.

Birinçi bosqiç fuqaro yoşlar uçun – yaşaş joyidagi tuman (şahar) mudofaa işlari böyiça bölimlarida, «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylari va Milliy gvardiya Respublika ixtisoslaştirilgan musiqa akademik litseyi bitiruvçilari uçun – ular joylaşgan hududdagi tuman (şahar) mudofaa işlari böyiça bölimlarida, harbiy xizmatçilar va huquq-tartibot organlari xodimlari uçun – öz xizmat ötaş joyida qabul yilining 1 fevralidan 31 martiga qadar amalga oşiriladi hamda uşbu bosqiçda quyidagi tadbirlar taşkil etiladi va ötkaziladi:

hujjatlarni töplaş va örganiş;
yakka tartibda suhbatlaşiş;
birlamçi tibbiy körikdan ötkaziş.

Ikkinçi bosqiç fuqaro yoşlar, harbiy xizmatçilar va huquq-tartibot organlari xodimlari uçun mudofaa işlari böyiça boşqarmalarda qabul yilining 1 aprelidan 31 mayiga qadar amalga oşiriladi hamda uşbu bosqiçda quyidagi tadbirlar taşkil etiladi va ötkaziladi:

individual-psixologik örganiş;
umumjismoniy tayyorgarlik körganligini baholaş;
takroriy tibbiy körikdan ötkaziş.