Özbekistonda Umraga ziyoratiga baloğatga yetgan, ammo voyaga yetmagan oila a'zolari, farzandlari bilan boriş istagida bölganlarga ham imkoniyat beriş masalasi körib çiqilmoqda. Şu ma'noda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-son qarorigaa özgartiş va qöşimçalar kiritiş ustida iş olib borilmoqda. VM huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisining örinbosari Nuriymon Abulhasan Kun.Uz muxbiriga bergan blits-intervyusida şu haqda söz yuritdi. 

-  Ma'lumki, Özbekistonda ota-ona xorijga sayohat qilişda voyaga yetmagan farzandlarini olib çiqa oladi. Bu qonunda taqiqlanmagan. Şu ma'noda, voyaga yetmagan farzandlarini Umra ziyoratiga olib borişni istagan ota-onalarga ruxsat beriş, ularga ham imkoniyat taqdim etiş masalasi körib çiqilmoqdami?

-  Hozirgi mavjud qarorda (VMsining 364-son qarori nazarda tutilmoqda) fuqarolarning yoşi belgilab berilgan. 18 yoşga tölgan bemalol Umra ziyoratini amalga oşirişlari mumkin. Siz aytgan masala kun tartibiga çiqib turgan masala hisoblanadi. 

Video: TasIX

Video: YouTube

Hukumat qarori loyihasi işlanayapti, deb aytdim. Bu böyiça qandaydir bir izlanişlar, örganişlar amalga oşiriladi, albatta. Mavjud qonunçiligimizga zid bölmagan tarzda bu masalani ham tez kunlarda körib çiqamiz. Bu yerda yana bir masala ham bor. Umra taşkil etilayotgan vaqt farzandlarning öquv jarayoniga ta'sir qilmaydigan vaqtga töğri kelsa, ta'til davridami, boşqami, uni körib çiqişimiz mumkin. 

Nuriymon Abulhasanning bildirişiça, Umraga boriş istagini bildirgan fuqarolar, özlari doimiy istiqomat qilib turgan mahallariga murojaat qilişadi. Mahalla mutasaddilari ularning röyxatini şakllantirib, VM huzuridagi Din işlari böyiça qömitaga taqdim etadi. Şu bilan, heç qanday navbatsiz Umraga boriş ta'minlanadi.

Youtube'da köriş

Mover.uz'da köriş