Davlat xavfsizlik xizmati boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda «Umra» ziyoratini taşkil etiş bilan boğliq noqonuniy holatlarni aniqladi.
Toşkent şahrida yaşovçi, 1981-yilda tuğilgan şaxs tegişli litsenziyaga ega bölmagan holda özini «Umra» ziyoratini taşkil etişga ruxsat berilgan turistik firmaning vakili sifatida taniştirgan.
U uç nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga «Umra» safariga yuboriş va ularning ziyorat amallarini töliq bajarişini ta’minlaş evaziga jami 3450 AQŞ dollari talab qilgan.
DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va içki işlar organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur şaxs 3400 AQŞ dollari va 600 ming sömni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Yana bir holat Farğona şahrida aniqlangan. Unda 1998-yilda tuğilgan şaxs öz tanişlari orqali tört nafar fuqaroni «Umra» ziyoratiga yuborişni va’da qilib, buning evaziga jami 4200 AQŞ dollari talab qilgan.
U söralgan pul mablağini olayotgan vaqtda DXX va içki işlar organlari xodimlari tomonidan uşlangan va uning noqonuniy harakatlariga çek qöyilgan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.













