Assotsiatsiyaning rasmiy oçiliş tadbiri 29-sentabr kuni Toşkentdagi Azimut Grand Hotel mehmonxonasida ötkazildi. Unda Turizm qömitasi va Taşqi işlar vazirligi vakillari, xorijiy davlatlarning elçixonalari va diplomatik korpusi vakillari, turizm sohasi mutaxassislari hamda xalqaro hamkorlar qatnaşdi.

2

Assotsiatsiya faoliyatining asosiy yönalişlaridan biri Indoneziya, Malayziya va boşqa mamlakatlardan ziyoratçilarni «Umra plyus» dasturi doirasida Özbekistonga jalb qilişdir. Bunda Umra safari Özbekistondagi tarixiy va diniy maskanlarga taşrif bilan birlaştirilişi közda tutilmoqda.

3

Dastur doirasida Toşkent, Samarqand va Buxoroni öz içiga olgan turistik yönalişlar işlab çiqilişi belgilangan. Hukumat qarorida Malayziya va Indoneziyadan ziyorat turizmi yönalişida 2026–2027-yillarda 100 ming nafar sayyoh jalb qiliş böyiça yöl xaritasi tasdiqlangan.

4

Şuningdek, dastur iştirokçilari uçun turistik xizmatlarni rivojlantiriş, aviaqatnovlarni yölga qöyiş va xorijiy turoperatorlar bilan hamkorlikni kengaytiriş nazarda tutilgan. Masalan, Kuala-Lumpurdan Samarqand yoki Buxoro orqali Saudiya Arabistoniga borişni öz içiga olgan yönalişlar ham körsatilgan.

5

Bu taşabbus amalda ham xalqaro hamkorlik bilan rivojlantirilmoqda. Sentabr oyida Olmaotada «Umra plyus» xalqaro turizm yarmarkasi ötkazilib, 2026-yil oxirigaça qariyb 10 ming nafar ziyoratçini Özbekistonga jalb qiliş böyiça kelişuvlarga erişilgani maʼlum qilindi.

6


Özbekiston va Malayziya turistik taşkilotlari örtasida ham «Umra plyus» dasturi doirasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Unda qöşma loyihalar, tajriba almaşiş va ziyorat turizmi yönalişidagi hamkorlikni rivojlantiriş közda tutilgan.
«Umra plyus» dasturining özi 2026-yil 9-yanvardagi Vazirlar Mahkamasining 6-son qarori bilan rivojlantirilmoqda. Qarorga köra, 2026-yil yakunigaça dastur asosida Malayziya va Indoneziyadan sayyoh jalb qiluvçi turoperatorlarga har bir sayyoh uçun 100 AQŞ dollari miqdorida subsidiya ajratilişi belgilangan.

7

Yangi taşkil etilgan assotsiatsiya esa şu yönalişdagi işlarni xalqaro darajada muvofiqlaştiriş, xorijiy turistik bozorlar bilan hamkorlikni kengaytiriş va Özbekistonni ziyorat turizmining muhim yönalişlaridan biriga aylantirişni maqsad qilmoqda.

1
8