Davlat xavfsizlik xizmati xabariga köra, Samarqand şahrida yaşovçi, 1956-yilda tuğilgan mazkur şaxs Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvçi tört nafar fuqaroga Umra safarini taşkil etib berişni vaʼda qilgan.

Biroq uning bunday ziyoratni taşkil etişga vakolati bölmagan. Xabarda uşbu şaxs muqaddam firibgarlik bilan boğliq jinoyati uçun sudlangani ham qayd etilgan.

DXX va Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda u talab qilingan mablağning 3 ming dollarini oldindan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozirda mazkur şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

DXX fuqarolardan şu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelganda 1520 qisqa raqamiga xabar berişni söragan. Murojaat qiluvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanişi bildirilgan.