Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Prezident qaroriga köra, 2018–2030 yillarda kimyo mahsulotlari işlab çiqariş hajmini 4,5 barobarga, şu jumladan, mineral öğitlarni 2 barobarga (1,2 million tonnadan 2,4 million tonnagaça), mahsulotlar eksportini 4 barobarga oşiriş, şuningdek, organik kimyo mahsulotlari uluşini 7 foizdan 54 foizgaça yetkaziş orqali tarmoqni diversifikatsiya qilişni nazarda tutuvçi «Özkimyosanoat» AJ faoliyatida işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş va modernizatsiya qiliş, bazaviy mahsulotlarni qayta işlaşni yanada çuqurlaştiriş, mavjud aktivlardan oqilona foydalaniş va boşqarişning zamonaviy usullarini joriy qilişning asosiy yönalişlarini amalga oşiriş böyiça «Yöl xaritasi» tasdiqlanmoqda.
Unga köra:
a) qisqa muddatda (2018–2020 yillarda):
• «Ammofos-Maksam» AJda mavjud işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş hisobiga fosforli öğitlar işlab çiqariş hajmini 20,0 ming tonnaga oşiriş (100 foiz sof holda);
• «Navoiyazot» AJda yiliga 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol;
• «Navoiyazot» AJda yiliga 500 ming tonna azot kislotasi;
• «Navoiyazot» AJda yiliga 660 ming tonna ammiak, 577,5 ming tonna karbamid;
• «Farğonaazot» AJda töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda yiliga 7,8 million dona zamonaviy polimer oboylar;
• «Dehqonobod kaliyli öğitlar zavodining işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş» investitsiyaviy loyihasi (II bosqiç) doirasida toğ-kon majmuasi loyiha hajmlarida işlab çiqarişni taşkil qiliş;
b) kimyo mahsulotlari işlab çiqarişni diversifikatsiya qiliş, mineral öğitlar va ösimliklarni himoya qiliş kimyoviy vositalarini işlab çiqariş hajmini oşiriş, organik kimyo, şu jumladan, polimer mahsulotlar, sintetik tolalar, rezinotexnika va boşqa tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni rivojlantirişga yönaltirilgan örta va uzoq muddatlarda istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oşiriş (2030 yilgaça) nazarda tutilmoqda.
Bunda mavjud işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş va kengaytiriş hamda yangi qayta işlaş quvvatlarini yaratişga qaratilgan, dastlabki hisob-kitoblarga köra umumiy qiymati 4,8 milliard AQŞ dollariga teng 29 ta investitsiyaviy loyiha asosan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oşiriladi.












